Umumxalq xayriya hasharida yoshlar faollik ko'rsatishda davom etmoqda (2-kun, fotoreportaj)
Elimizda "Hashar - elga yarashar" degan naql bor. Darhaqiqat, jamiyatning har bir a'zosi o'zi yashaydigan hudud toza-ozodaligi uchun o'zida mas'uliyat his etishi ayni muddaodir. Xalqimizning o'ziga xos an'analaridan biri bo'lgan hamda uzoq yillardan buyon davom etib keladigan hashar marosimi bu yil ham 16-18-mart kunlari o'tkazilishi rejalashtirilib, Muborak Ramazon oyini munosib o'tkazish va atrof muhit tozaligiga hissa qo'shish nazarda tutilgan. Joylarda tashkil etilayotgan umumxalq hasharlarining ikkinchi kunida ham boshlang'ich tashkilot yetakchilari va ular bilan birgalikda faol yoshlar jonbozlik ko'rsatishmoqda.