March 5
"Jiu-Jitsu" sport turi bo‘yicha Toshkent viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi
Zangiota garnizonida tashkil etilgan sport to‘garaklarining natijalari chempionatlarda o‘z mevasini bermoqda. Harbiy qismda tashkil etilgan sport to‘garaklarindan biri bo‘lgan Jiu-Jitsu sport turiga ko‘plab harbiy xizmatchilarning farzandlari qiziqish bildirib qatnashmoqda.
Zangiotada joylashgan harbiy qismda O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi Toshkent viloyati bo‘limi tomonidan Toshkent viloyati chempionati o‘tkazildi. Unda viloyatning sport klublari sportchilari hamda harbiy xizmatchilarning farzandlari ushbu sport turi bo‘yicha musobaqada bellashdilar.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib bo‘lgan yoshlar O‘zbekiston Jiu-Jitsu federatsiyasi va harbiy qism qo‘mondonligining diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.