Bo‘ka tumanidagi "Prezident maktabi"da harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
2-mart "Vatan-tayanchi" bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati tashkil topgan kuni munosabati bilan Bo‘ka tumanidagi "Prezident maktabi" da harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi taʼlim-tarbiyaviy ishlarga mamlakatimiz fuqarolarini, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarini hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini yanada faol jalb etish va yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuygʻularini singdirish maqsadida otryad a'zolariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishonlari va guvohnomalari tantanali tarzda topshirildi.
Tadbir davomida 8-mart Xalqaro xotin qizlar bayrami munosabati bilan "Vatan tayanch" otryad a'zolari analariga bayram tuhfasi sifatida gullar va estalik sovg‘alar ulashdilar. Tadbirda Bo‘ka tumani hokimligi, Viloyat mudofaa boshqarmasi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Bo‘ka tumani Kengashi, Zangiota tumani aloqachilar harbiy qismi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshken viloyat Kengashi,Toshkent viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbir yakunida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi tomonidan ishtirokchilarga konsert dasturlari faxriy qorovul jamoasi chiqishlari qolaversa maktabning bir qator iqtidorli yoshlariga estalik sovg‘alari hamda faxriy yorliqlar tantanali topshirilgani yoshlarga o‘zgacha katta shukuh ayladi.