Umumxalq xayriya hasharida boshlang'ich tashkilot yetakchilari va yoshlar faol ishtirok etmoqda
Elimizda "Hashar - elga yarashar" degan naql bor. Darhaqiqat, jamiyatning har bir a'zosi o'zi yashaydigan hudud toza-ozodaligi uchun o'zida mas'uliyat his etishi ayni muddaodir. Xalqimizning o'ziga xos an'analaridan biri bo'lgan hamda uzoq yillardan buyon davom etib keladigan hashar marosimi bu yil ham 16-18-mart kunlari o'tkazilishi belgilanib, Muborak Ramazon oyini munosib o'tkazish va atrof muhit tozaligiga hissa qo'shish nazarda tutilgan. Joylarda tashkil etilayotgan umumxalq hasharlarida boshlang'ich tashkilot yetakchilari va ular bilan birgalikda faol yoshlar jonbozlik ko'rsatishmoqda.
Shu bilan bir qatorda, korxona va tashkilotlardagi boshlang'ich tashkilot yetakchilari ham qo'l qovushtirib o'tirgani yo'q. Ular ham o'zlarining hamkasb yoshlari bilan birgalikda umumxalq xayriya hasharlarida faol ishtirok etishmoqda.