"Moliyaviy sektordan qiziqarli ma’lumotlar: mijozlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar" mavzusida seminar trening bo'lib o'tdi
15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi, "Yoshlar - kelajagimiz" jamg'armasi Toshkent viloyati filiali, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, German Sparkassenstiftung tashkiloti hamda Ishbilarmon ayollar assotsiatsiyalari bilan hamkorlikda "Moliyaviy sektordan qiziqarli ma’lumotlar: mijozlar va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha muhim ma’lumotlar" mavzusida "Yoshlar markazi"da seminar-trening bo'lib o'tdi. 150 dan ortiq ishtirokchilarni qamrab olgan mazkur tadbirda loyiha hamkorlari, jumladan, O'zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o'rinbosari Abdushukur Yangiyev, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi vakili boshqarma boshlig'i Botir Sharipov va hududiy boshqarmalar boshliqlari, German Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Mathias Wangler, tadbirkor ayollar va boshqa faol yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so'zga chiqqan mutaxassislar tomonidan iste'molchilar huquqlari va qonunlar, Germaniya va O'zbekiston banklari o'rtasidagi iqtisodiy hamkorlik hamda moliyaviy savodxonlik borasida so'z yuritilib, tinglovchilarga ushbu yo'nalish bo'yicha zarur va qiziqarli ma'lumot-maslahatlar berildi. Ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, shaxsiy moliyaviy bilim va ko'nikimalarini yanada yuqori pog'onaga ko'tarishga muvaffaq bo'lishdi.