O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi va viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik bo‘limi bilan hamkorlikda Jazoni ijro etish departamentining boshlang‘ich tashkilot yetakchilari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi, Jazoni ijro etish departementi hamda viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik bo‘limi bilan hamkorlikda joriy yilning 12-mart kuni viloyatdagi jazoni ijro etish koloniyalaridagi boshlang‘ich tashkilot yetakchilari bilan “Boshlang‘ich tashkilotning asosiy maqsadi va vazifalari, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Ushbu seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3394-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-iyundagi “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan istiqbolli rejalarni amalga oshirish tizimi to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.
Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi harbiy qismlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik Erkin Sharopov tomonidan boshlang‘ich tashkilot yetakchilarining faoliyati, imkoniyati va vazifalari to‘g‘risida, O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda yoshlar qonunchiligining ahamiyati, davlatimiz rahbarining 2022-yil 2-martdagi “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 150-sonli Qarorining maqsad va vazifalari to‘g‘risida viloyat “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati bo‘limi mas’ul xodimi Shuxrat Shomurodov bilan birgalikda ma’lumotlar berildi.