February 10

“Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan “Sanam" mahallasi yoshlari va mahalla faollari ishtirokida Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorlikda “Tinchligimiz, taraqqiyot va farovonlik uchun” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.

Kuch tuzilmalari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda dastlab ishtirokchilar uchun mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, vatanparvarlik va harbiy xizmat mavzularida zarur ma'lumotlar berildi.

Kun davomida harbiy orkestr hamda Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari o‘zlarining kuy-qo‘shiqlari bilan yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, qurol-aslahalar ko‘rgazmasi, harbiy xizmatchilarning turli chiqishlari yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir rejasidan o‘rin olgan sport musobaqalari ham shular jumlasidan.