"Imkoniyati cheksiz"
"Imkoniyati cheklanganlarni jamiyatga kirishishi uchun har qancha harakat qilmaylik, agar jamiyat ularni qabul qilishni istamasa barchasi besamar bo'ladi"
Toshkent viloyati Yoshlar markazida O'zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi "Imkon" yo'nalishi sardori Djamxurova Shahrizoda Zarruxovnaning "Imkoniyati cheksiz" deb nomlangan kitobi taqdimoti bo'lib o'tdi.
Mazkur tadbirda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyat Kengashi raisi M. Xamzayev, boshlang'ich tashkilot yetakchilari hamda tuman-shaharlardagi "Imkon" yo'nalishi sardorlari ishtirok etdi. Ishtirokchilarga muallif tomonidan kitobning yozilishi, undagi materiallar haqida ma'lumotlar berib o'tildi. O'quvchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Yakunda taqdimot qatnashchilariga kitoblar sovg'a qilindi.
Jamiyatimizning imkoniyati cheklangan yoshlar qatlami uchun ishlab chiqilgan mazkur metodik qo'llanma, Xalq deputatlari Samarqand Kengashining maxsus granti doirasida chop etilgan. Unda volontyorlik ko'nikmalarini shakllantirish, nuqsonli bolalar bilan ishlash texnikasi, ular bilan bog'liq ta'lim-tarbiya jarayonlari va shu kabi mavzular yoritilgan bo'lib, yoshlar ittifoqi tizimidagi volontyorlar, sardorlar, yetakchi va psixologlarga tavsiya etiladi.