Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: ko‘p qavatli uy mulkdorlarning xavfsiz va qulay sharoitlarini yaratish maqsadida 70 dan ortiq Boshqaruv servis kompaniyalari sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda (Foto)
Bosh sahifa | Русский язык
Toshkent viloyatda 161037 mingdan ziyod xonadondan iborat 4929 ta ko‘p kvartirali uylar mavjud bo‘lib, ularga 74 ta boshqaruv servis kompaniyalari hamda 16 ta uy-joy mulkdorlari shirkatlari xizmat ko‘rsatadi.
Shundan 4467 ta ko‘p kvartirali uylar (91%) boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan, 98 ta ko‘p kvartirali uylar shirkatlar tomonidan va 27 tasiesabevosita mulkdorlar tomonidan boshqariladi.
Ko‘p kvartirali uylarning 337 tasi boshqa tashkilotlar tasarrufidagi uylar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 23-sentabr kunida “Iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joyy fondini 2022-2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi VMQ-522-son Qarori tasdiqlangan bo‘lib, ushbu qarorga asosan, Toshkent viloyati hokimining 2022-yil 27-sentabr kunida “Toshkent viloyatida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022-2023-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 521-10-0-Q/22-sonli Qarori tasdiqlangan.
Qarorlar ijrosini taʼminlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirilgan:
Viloyatdagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini 2022-2023-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 153 ta uylarning 141 ming metr kvadrat tom qismini mukammal va joriy, 328 ta uylarning kirish yulaklari, 29 ta uy ichidagi muhandislik tarmoqlarini taʼmirlash, 90 ta yertula qismidagi muhandislik kommunikatsiyalarini taʼmirlash, 153 ta uylarning fasad qismini taʼmirlash, 215 ta temir eshiklar va 215 ta kodli qulflar hamda 288 ta elektr taqsimlovchi shitlari taʼmirlangan.
Qish mavsumi kirib kelishi bilan, ko‘p qavatli uy mulkdorlarning xavfsiz va qulay sharoitlarini yaratish maqsadida, uylarning 980 ta framuga oynalariga plyonkalar tortildi, 741 ta kirish yo‘laklaridagi temir eshiklarga prujina yopish mexanizmlari, kirish yo‘laklaridagi tungi yoritish chiroqlariga 608 dona energiya tejamkor harakat datchiklari o‘rnatildi hamda qor-muzlamalar maxsus texnik-uskuna vositalardan foydalangan holda tozalanib, qum-tuz qorishmalari sepib chiqilmoqda. Belgilangan reja-grafik asosida ishlar davom ettirilmoqda.
Bugungi kunda 7/24 rejimda faoliyat yurutuvchi viloyatning markaziy “1055”, 95 143 20 56 dispetcherlik xizmati hamda viloyatdagi 74 ta boshqaruv servis kompaniyalarinining avariya holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarinin ko‘rish bilan shug‘ullanuvchi dispetcherlik xizmatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Bundan tashqari, boshqarma xodimlaridan iborat ishchi guruh tashkil qilingan bo‘lib, joylarda avariya dispetcherlik xizmatlari faoliyati, ularning maxsus asbob-anjomlar bilan taʼminlanganligi, vujudga kelgan avariya holatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarning olib borilishi kunlik o‘rganib chiqilmoqda.
Issiqlik taʼminoti bo‘yicha
Viloyatdagi jami 3132 ta ko‘p kvartirali uylar (64%) va 116427 ta honadonlar (72%) issiqlik taʼminoti bilan taʼminlangan. Shulardan:
Markaziy va lokal qozonlar yordamida – 2182 ta (44%) uylar 82222 ta (51%) honadonlar.
Ikki konturli qozonlar yordamida – 950 ta (19%) uylar 34144 ta (21%) honadonlar.
Viloyatda 49 ta qozonxonalar mavjud bo‘lib, hozirda 46 tasi (94%) ishga tushirilgan. Qolgan 3 ta qozonxonalarda PQ-5118-sonli qaroriga asosan va 1 tasida issiqlik qabul qiluvchi istemolchining ichki tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqdahamda 1 tasida istemolchi tomonidanrad etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “2018–2022-yilarda issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi PQ–2912-sonli qarori asosida jami 3 mlrd 207 mln so‘m Davlat byudjeti mablag‘lari evaziga 2,99 km issiqlik tarmoqlari mukammal taʼmirlash rejalashtirilgan Jumladan:
Shundan, 3 mlrd 100 mln so‘m mablag‘lar o‘zlashtirilgan bo‘lib, 1,6 km uzunlikdagi issiqlik tarmoqlarini mukammal taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilgan.
Shu bilan birga issiqlik manbai korxonasining o‘z mablag‘lari hisobidan 31 ta qozonxonalar, 47 ta qozonlar va 72,296 km issiqlik tarmoqlari joriy taʼmirlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, mazkur rejaga nisbatan 31 ta qozonxonalar (100%) ga, 47 ta qozonlar (100%) ga va 72,296 km issiqlik tarmoqlari (100%) ga joriy taʼmirdan chiqarildi.
Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati