September 24, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: “Ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sohasiga oid savollaringiz bormi?” mavzuida jonli muloqotda uchta fuqarolar tomonida yozma murojaati bo‘yicha RASMIY BAYONOT

Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa

2022-yil 21-sentabr kuni soat 11:00da Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva va boshqa mutasaddilar ishtirokida “Ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sohasiga oid savollaringiz bormi?” mavzuida jonli muloqot o‘tkazildi.

Jonli muloqotda Toshkent viloyati Chirchiq shahrida istiqomat qiluvchi Fuqarolar Murod Tuychiyev va Ulbosin Tolipovalar tomonidan yozma murojaat kelib tushgan.

Fuqaro Murod Tuychiyev quyidagi mazmunda – Sizga savolim Chirchiq shahar 3 mkrn domlariga qadam bosib mavjud vaziyatni koring iltimos – deb, murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz e'lon qilinmoqda).

Fuqaro Ulbosin Tolepova – Assalomu alaykum. Chirchiq shaxridan Talipova Umida 30chi maxalla Iftixor.Siz boshlagan hamma muammolar bizda.Boshqaruv kampaniyasiga, yani OOO UK MUNTOZ SERVISga 2020-yilda kazirgi kunda utkizgan, ammo xech xanaka ishlar, kuz kishga tayergarlik tugrisida daje ne dumayet. Chirchik shaxri 2chi kichik daxasi 5-6-7-8-domlar oldi kirish yo‘lagi.isitish sistemasi.tom kismiga umuman UK tomonidan ishlash tuguli uzimizga tamirlash ishlarini bajarishga ruxsat yuk yekan.Uz xisobimizdan yepadigan bulsak kvartplatadan spisaniye akt yuk deydi shu tugrimi – deb, murojaat yo‘llagan. (Fuqaroning murojaati tahrirsiz e'lon qilinmoqda).

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan yuqorida qayd etilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi va ularning oldini olish maqsadida tegishli masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Natijasi yuzasidan ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikka yetkazish vazifasi topshirildi.

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida jami 914 ta ko‘p kvartirali uylardan 903 tasiga 12 ta: “Mumtoz servis Chirchiq shahar”, “Guzal shahrim gullasin”, “Inova pro”, “Xislat omad”, “Chirchiq new kov servis”, “Chirchik tezkor xizmat”, “Perfect Beaver Intenition”, “Chirchik yangi nur servis”, “Xaqiqi obo”, “Eng zo‘r”, “Guliston obod”, “Mahallamiz gullasin ” Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat qiladi.

“Eng zo‘r” Boshqaruv servis kompanisi 2022-yil 14-iyulda tashkil topgan. Ushbu BSK “Turon” MFYda joylashgan 23 ta ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Uylar 4 qavat va 116 ta kirish yo‘laklaridan iborat bo‘lib, jami 1477 ta xonadonlarda 5908 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Hozirgi kunda “Tinchlik” MFY hududida 31-sonli ko‘p qavatli uyning aholisi bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.

Erkin tanlov asosida “Eng zo‘r” MCHJ, “Mumtoz servis chirchiq shahar” MCHJlar o‘z taklifini aholiga bildirish natijasida aholi tomonidan ovoz yig‘ish va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.

Taklif etilayotgan “Eng zo‘r” MCHJ boshqaruv servis kompaniyasining 6 nafar ishchi-xodimlari tomonidan 31-sonli ko‘p qavatli uyning tutash hududini tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jami 3210 kvadrat metr hududdan kesilgan shox-shabbalar ,chiqindilar olib chiqildi 120 kvadrat metr irigatsiya tarmoqlari tozalanib tartibga keldtirildi.

Maʼlumot uchun, “Eng zo‘r” BSKning 24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami 91 779-29-32

BSK rahbari Gulnora Egamqulova, tel.: 90 005-81-10

Manzili: “Turon” MFY 4-kichik nohiya 25-uy.

“Mumtoz servis Chirchiq shahar” MCHJ boshqaruv servis kompanisi 2021-yil 07-iyulda tashkil etilgan. Ushbu BSK “Iftixor”, “Lola”, “Quyosh”, “Yulduz” MFYlarga, jumladan, 184 ta uy 8620 ta xonadon egalariga xizmat qilib kelmoqda.

184 ta ko‘p kvartirali uylar 4 qavatdan iborat, ularda jami 274 ta kirish yo‘laklari mavjud 11932 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish davrida Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan “Iftixor” MFYda joylashgan 1-sonli ko‘p qavatli uyning markaziy oqova suv quvuri mukammal taʼmirlandi. Quvurning diametri Ø50 mm, uzunligi 100 m.

“Iftixor” MFYda joylashgan 3-sonli ko‘p qavatli uyning (8 ta kirish yo‘lagi 80 ta xonadon) tom qism 1520 kvadrat metrga yumshoq qoplama (folgaizol) bilan mukammal taʼmirlandi.

“Iftixor” MFYda joylashgan 11-; 15-; 9-; 12 sonli ko‘p qavatli uylarning tom qismi joriy taʼmirlangan.

“Lola” MFYda joylashgan 43-sonli ko‘p qavatli uyning (4 qavat 4 ta kirish yo‘lagi 48 ta xonadon) tom qism 1520 kvadrat metrga yumshoq qoplama (folgaizol) bilan mukammal taʼmirlandi.

“Lola” MFYda jolashgan 22-sonli ko‘p qavatli uyning 8 ta kirish yo‘laklari mukammal taʼmirlandi.

Hozirgi kunda ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan joriy yilning 15-oktabriga qadar reja grafikga ko‘ra “Iftixor” MFYda joylashgan 5-; 6-; 7-; 8-sonli ko‘p qavatli uylarning jami 160 kvadrat metr tom qismini joriy taʼmirlash rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5118 sonli qaroriga asosan, 2 kichik nohiyada joylashgan 5-; 6-; 7-; 8-sonli ko‘p qavatli uylarning ichki issiqlik tizimi mahalliy byudjet mablag‘lari asosida taʼmirlash rejasiga muvofiq, 2023-yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Maʼlumot uchun, “Iftixor” MFY, 17 ta ko‘p kvartirali uy 1082 ta xonadonlarga “Mumtoz servis Chirchiq shahar” BSK tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

24/7 ko‘rsatuvchi dispetcherlik xizmati telefon raqami 70 714-47-85, 95 199-19-99

BSK rahbari Abdullayev Abdujalil Abduraxmon o‘g‘li, tel.: 90 005-81-10

Manzili: 2-kichik nohiya “Iftixor” MFY binosi oldida.

“Ko‘p qavatli uy-joylarga xizmat ko‘rsatish sohasiga oid savollaringiz bormi?” mavzuida jonli muloqotida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Uch qahramon” mavzesidan Fuqaro Qahramon Qo‘chqorov tomonidan – Biz ko‘p qavatli uylarda turamiz. Bizning uylarimizga hech kim xizmat ko‘rsatmaydi. Ayrim hollarda yerto‘la yoki shaxtalarda turbalar teshilsa o‘zimiz qo‘shnilar bilan pul yig‘ib qildiramiz. Biz shu holatda o‘zimiz yashashimiz mumkinmi? – deb, yo‘llagan murojaati bo‘yicha (Fuqaroning murojaati tahrirsiz e'lon qilinmoqda) Boshqarma boshlig‘i boshchiligida “ishchi guruh” aʼzolari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Darxon” MFYda joylashgan 4 ta ko‘p kvartirali uylar boshqaruv tashkilotiga birikmagani hamda tutash hududlarini obodonlashtirish lozimligi aniqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Toshkent tumanidagi 38 ta uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Obod Taʼmir Xizmat” BSK ishchi-xodimlari hududiy Obodonlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda mazkur uylarning tutash hududlarini tozalash, hududda joylashgan bolalar maydonchasini obodonlashtirish, shuningdek, murojaatda keltirilgan uyning yerto‘la qismini taʼmirlash ishlari amalga oshirildi.

Shundan so‘ng, “Uch qahramon” MFY hududidagi mulkdorlar bilan boshqaruv tashkilotiga biriktirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda boshqaruv tashkilotlarining afzalliklari to‘g‘risida axborotlar va yig‘ma materiallar tarqatilib, “Obod Taʼmir Xizmat” Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha axborot almashilindi.

Bundan tashqari, 2022-yil 10-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-581 son Qonuniga asosan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva hamda Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev boshchiligida “Ishchi guruh” tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani, “Darxon” MFYda joylashgan 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlariga Boshqaruv usulini tanlash bo‘yicha “Sayyor uchrashuv” o‘tkazildi.

“Darxon” MFYda joylashgan 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari yo‘llangan murojaatlarida ko‘rsatib o‘tilgan har bir uyning kommunikatsiya, tom, yerto‘la, fasad qismlari, obodonlashtirish kabi muammolarni “Ishchi guruh” tomonidan tavsiya etilayotgan “Obod Taʼmir Xizmat” Boshqaruv servis kompaniyasi bartaraf etgan.

Jumladan, 2021-2022 yil mobaynida 4 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismi mukammal taʼmirlangan.

Xususan, mavrelat, samares, doska, stropila, konyok, tarnov, profnastil xomashyolar ishlatilgan.

Tavsiya etilayotgan “Obod Taʼmir Xizmat” Boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan 1-; 2-; 3-; 4-sonli uylarning tutash yer uchastkalari obodonlashtirilib, yerto‘la qismidagi avariya holatiga kelib qolgan suv oqova tarmoqlarida diametri Ø150 mm, uzunligi 5 metr, 1 ta otvod, 2 ta ventel, bitta troynik diametri Ø150 mm bo‘lgan quvurining qurilish-montaj ishlari olib borildi.

“Ishchi guruh” tomonidan 4 ta ko‘p kvartirali uyning mulkdorlari bilan “Sayyor uchrashuv” o‘tkazildi.

Uchrashuvda dastlab Vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva uy mulkdorlari tomonidan ilgari yo‘llangan murojaatdagi tom qismi, yerto‘la, obodonlashtirish, sug‘orish tizimlaridagi hamda Shirkat faoliyati muammolarini bartaraf etilishi bo‘yicha tegishli masʼul rahbar-xodimlarga topshiriq berilgani, uning ijrosi bo‘yicha kelib o‘rganilayotganligini taʼkidlab o‘tdi.

– Endilikda bunday muammolarni bartaraf etishni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida Boshqaruv servis kompaniyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish taklif etildi. Ularning asosiy funksional faoliyati shundan iboratki, Sizlar tomonidan sanab o‘tilgan suv quvurlari, yer to‘la, elektr tarmoqlari, issiq va sovuq suv tarmoqlari, tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish kabi muammoli tizimlarni tartibga solinib, doimo isloh qilinib, boriladi.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish hamda ulardan yig‘ilayotgan majburiy badal to‘lov mablag‘larini shaffofligini taʼminlash maqsadida, Vazirlik tomonidan “Mening uyim” Billing tizimi joriy etildi. – dedi, vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva.

FOTOLAVHALAR

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi matbuot xizmati