September 15, 2022

Toshkent viloyati Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi: Fuqaro Gulnora Normetova facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga yo‘llagan murojaati ijobiy hal etilganligi bo‘yicha RASMIY BAYONOT

Bosh sahifa | Glavnaya stranitsa

Avval xabar berganimizdek, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan Fuqaro Gulnora Normetova facebook.com/kommunal.uz ijtimoiy tarmog‘iga yo‘llagan murojaatida qayd etilgan muammoni tezkorlik bilan bartaraf etish va kelgusida bunday holatlar qayta takrorlanmasligi va ularning oldini olish maqsadida tegishli masʼul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilgandi.

Bugun Chirchiq shahar, 4-kichik nohiya, Turon mahalla, 32-uyga xizmat ko‘rsatuvchi “Eng zo‘r” BSK tomonidan amalga oshirilgan ishlarni belgilangan muddat(15 sentyabr)da yakuniga yetkazilganligi va ko‘p kvartirali uy mulkdorlarning boshqa masalalar bo‘yicha tafsilotlarni o‘rganib chiqish maqsadida, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganishda murojaatchi Gulnora Normetova bilan birgalikda “Eng zo‘r” BSK tomonidan diametri Ø100 mm, uzunligi 50 m bo‘lgan yangi plastik quvurning qurilish-montaj ishlari yakuniga yetkazilganligi.

Ko‘p qavatli uylarning yerto‘la qismilari toza holatga keltirilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘rganish chog‘ida,Chirchiq shahar, 4-kichik nohiya, Turon mahalla, 32-uyning mulkdorlarining murojaatlari tinglanib, boshqarmasi boshlig‘i Sardor Ubaydullayev masʼul rahbarlarga uyning tom qismi taʼmirtalab joylarini taʼmirlab va uning atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

Maʼlumot uchun, Toshkent viloyatidagi ko‘p kvartirali uylarda aniqlanayotgan muammolarni bartaraf etish va faoliyatining uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida, 24/7 Boshqarmaning quyidagi ishonchli telefon raqamlari va elektron manzili ishga tushirilgan:

Avariya dispetcheri xizmati – 1055;

☎️ +99895 143-20-56

Elektron manzil – [email protected]

Тошкент вилояти Уй-жой коммунал хизмат кўрсатиш бошқармаси матбуот хизмати