October 3

TDIU va Ural DIU qo'shma xalqaro ta'lim dasturi fakulteti talabalari Хalqaro ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida (WCCE) ishtirok etishdi

2024-yil 2-oktabr kuni TDIU va Ural DIU qo'shma xalqaro ta'lim dasturi fakulteti talabalari Хalqaro ijodiy iqtisodiyot konferensiyasida (WCCE) ishtirok etishdi. Tadbirda ijodiy sohaning 2 mingdan ortiq xalqaro vakillari, jumladan, biznes rahbarlari, ekspertlar va tahlilchilar ishtirok etdi.

Anjumanda talabalarning ishtiroki ijodiy sohalardagi yangi tendensiyalar bilan tanishish va dunyoning turli burchaklaridan kelgan mutaxassislar bilan aloqalar o‘rnatish imkonini beruvchi muhim voqea bo‘ldi.

Konferensiya interaktiv tarzda o‘tdi, shuning uchun ishtirokchilar mahorat darslarida yetakchi mutaxassislar bilan muloqot qilish va ijodiy fikrlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan panel muhokamalarida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. TDIU talabalarining WCCEda ishtirok etishlari ularning kasbiy o'sishi uchun qimmatli tajribaga aylandi.