Ta’lim siyosati bo‘yicha “yo‘l xarita”da belgilangan vazifalar ijrosi amalda
2024-yil 10-oktabr kuni "Savdo ishi" kafedrasi tomonidan ta’lim siyosati bo‘yicha "yo‘l xaritasi"da belgilangan vazifalar ijrosidan kelib chiqib, "Savdo ishi" ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari uchun oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash maqsadida "Tashqi savdo faoliyatini tartibga solish istiqbollari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi Eksportni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i, bojxona xizmati mayori Muhiddin Ro‘ziboyev o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi. Shuningdek, tadbirda kafedra mudiri professor Sh. Allayarov, professor S. Sobirjonov, dotsent B. Sulaymonov, PhD Sh. Tuxtamishov va katta o‘qituvchi Sh. Ziyayevalar qatnashdi.
Seminar-trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Tadbir yakunida esa bitiruvchi kurs talabalari uchun Bojxona qo‘mitasiga ishga joylashish imkoniyatlari va talablari haqida batafsil ma’lumot berildi, bu esa talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.