Germaniya Xalqaro Hamkorlik jamiyati hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda iqtisodiy o‘sish tramoqlari uchun professional taʼlim (PECA)” loyihasi doirasida joriy yilning 27-28-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “Professional taʼlim barqaror rivojlanishining mintaqaviy jihatlari: chaqiriqlar va istiqbollar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi akademik mobillik dasturini e'lon qiladi.

Gdansk universiteti 2-3 kurs va 4-kurs 1-semestr talabalari uchun akademik mobillik dasturini e'lon qiladi Xorijiy universitetning akademik mobillik dasturi bo‘yicha o‘qishni xohlovchi talabalar 16 iyungacha Talabalarga xizmat ko‘rsatish markaziga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak: 1. Ariza shakli 2. Ta'lim shartnomasi 3. Pasportni skanerlash Loyiha 2022-2023 yillarda xorijiy hamkor universitetda birdaniga 1 yoki 2 semestrda o‘qish imkonini beradi. Dastur doirasida TDYU ning 5 nafar talabasi bepul, 10 nafar talaba toʻlov asosida oʻqishi mumkin. Bepul asosda oʻqish uchun 16-iyungacha, toʻlov asosida oʻqish uchun esa 20-iyungacha hujjatlarni topshirishi lozim.