T
@tsuos
0 Followers
3 posts

АКАДЕМИЧЕСКИЙ ОТПУСК

Академический отпуск студентам может быть предоставлен в следующих случаях:

AKADEMIK TA’TIL

Talabalarga akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:

Tilimiz “tug‘may” qo‘ydi...

Hukumatimizning ona tilimizga bu qadar e’tibor berishi quvonarli hol, albatta. Chunki, tilimiz milliy rangini yo‘qotish bilan birga, taraqqiyotdan ham ancha orqada qolib kelyapti. Ta’bir joiz bo‘lsa, o‘zbek tili borgan sari, “dangasa”, “tekinxo‘r”, “qashshoq” tilga aylanib borayotir. Ilmiy salohiyati-ku, no‘lga tushib qolayozgan. Texnika, tibbiyot, internet, qishloq xo‘jaligi... kabi sohalar tilining holi ham shu. Hatto tilshunosligimizga oid atamalar ham chetdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinib, iste’molga kiritilmoqda. Xullas, tilimiz “tug‘may” qo‘ydi, faqat begonalarning “bola”sini asrash (yoki o‘ziniki qilib olish) bilan cheklanib qolmoqda. Albatta, bu holatga bizning o‘zimiz sababchimiz.
Oldindan ta’kidlab o‘taman, tilimiz borasida aytib o‘tilayotgan barcha kamchiliklarga qo‘shilaman, ko‘riladigan chora-tadbirlarni yuz foiz qo‘llab-quvvatlayman. Tilimiz mavqeini oshirish, tom ma’nodagi davlat tili darajasiga ko‘tarish bo‘yicha ba’zi takliflarimni aytib o‘tmoqchiman.
Korxona va tashkilotlardan Davlat tilida ish yuritish talab etilar ekan, hujjatlarni o‘zbek tiliga o‘girishda e’tiborli bo‘lish kerak. Yo‘qsa, no‘noq tarjimalar tufayli tilimizning ustidan kulishlariga sababchi bo‘lib qolishimiz mumkin. Masalan, “ogneopasno” so‘zining “yong‘indan xavfli” deb tarjima qilinganiga o‘xshab.
Sohalar (sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, texnika, energetika, xizmatlar va b.) bo‘yicha ilmiy asoslangan atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekcha muqobillarini yaratish ishlari muntazam yo‘lga qo‘yilishi lozim. Bu jarayonda ham ehtiyot bo‘lib, ammo qo‘rqmasdan tarjima qilaverish kerak. Shunda balki, tilimizning boshqa tillarga qaramligi ham barham topar. Masalan, “samolyot” so‘zini olaylik. Sof o‘rischa so‘z (ya’ni “olimpiada”, “golf”, “ombudsman”, “sertifikat” kabi so‘zlarga o‘xshab baynalmilal emas). Uning o‘rnida bemalol “uchoq” so‘zini ishlatishimiz mumkin. Yoki, “pampers” (inglizcha) so‘zining o‘rnida ba’zi odamlar “tagshimma”ni qo‘llashmoqda. Shuningdek, bizda oldindan mavjud, ammo bugungi kunda unutilayotgan, iste’moldan chiqib ketayotgan so‘zlar, atamalar bor: achmil (kislota), qo‘nalg‘a (aeroport), jarnoma (reklama), hovuz (basseyn), qopqoq (klapan), qorovul/qo‘riqchi (security), chilla (karantin) kabi. Ularni iste’molga qaytarishimiz kerak.
Mazkur jarayonda, xohlaymizmi, yo‘qmi, tarjima qilib bo‘lmaydigan bir qancha so‘zlarni qabul qilishga majburmiz. Ana shu vaqtda har bitta so‘z “O‘zbek tilining asl tabiati va xususiyatlari”ga (Davlat dasturi, 2-bob) to‘la mos keladigan tarzda qabul qilinishi kerak. Hozirda baynalmilal so‘zlar, asosan, o‘ris tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, qanday yozilsa va qanday talaffuz qilinsa, shundayicha ko‘chirilmoqda. Masalan, “kompyuter” so‘zi. Bu so‘z asli inglizcha bo‘lib, uni inglizlarning o‘zi “kompyuti” deb talaffuz qilishadi. Faranglar (fransuzlar) yana boshqacha, olmonlar, arablar va hokazo xalqlar o‘z tillariga moslab talaffuz qilishadi. Ammo faqat biz o‘zbeklar o‘rislar qanday aytsa, shunday aytamiz, qanday yozsa, shunday yozamiz. Yoki, “palto” so‘zini olaylik. Nega uni “po‘stin” deyish mumkin emas? Yo‘q, u po‘stindan boshqacharoq narsa, deyilsa, unda nega “” (yumshatish) belgisi bilan yoziladi? Nega uni o‘zimizga moslab, “palto” (yoki “poltin”) deb olmaymiz? O‘rislarning tilida dag‘allik, qattiqlik bor, yumshatish belgisini qo‘ymasa, talaffuzlari qattiqlashib ketadi (“sdelal”ni “zdelal”, “sbor”ni “zbor” deyishadi-ku). Bizning tilimiz esa, shundog‘am muloyim. (Albatta, bu jarayon ikki-uch yilda amalga oshadigan jarayon emas. Chunki tilimiz bir necha o‘n yillar davomida o‘z xususiyatlarini yo‘qotib keldi.)
Xullas, aytmoqchimanki, chet tildan so‘zni o‘z holicha qabul qiladigan bo‘lsak, tilimiz tabiatiga moslashtirib olaylik. “Brigadir”ni (asli olmoncha so‘z) “birgadir” deb, “monitor”ni (inglizcha) “monito‘r”, “kiosk”ni (farangi) “kiyoska/kioska” deb, “kafel”ni (olmoncha) “kafel” deb, “kauchuk”ni (inglizcha) “kavuchuk” deb olinsa, tilimizning o‘ziga xos xususiyatlari saqlangan bo‘ladi, deb hisoblayman. Mana, masalan,