T
@tuituz_official
19 posts

TATU rektorining yangi maqolasi chop etildi

📰 Bugun, 14-mart kuni "Xalq so'zi" (Народное слово) gazetasining 52 (8896) - sonida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamovning "Точка приложения усилий - искусственный интеллект" nomli maqolasi chop etildi.

AQShdagi St. Louis Universitetiga tashrif

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Sun’iy intellekt kafedrasi mudiri prof.X.Zaynidinov, Texnologiyalar transferi, inkubatsiya va akseleratsiya bo‘limi boshlig‘i S.Maxmudjanovlar AQShdagi St. Louis University(SLU) (TOP-950 o'rinda qayd etilgan)  universitetiga tashrif buyurdi.

2024- yil 29-mart kuni Muhammmad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining navbatdagi Ilmiy kengash yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda turli masalalar ko'rib chiqilib, yig'ilish yakunida quyidagi xodimlar bir qancha nominatsiyalar bo'yicha taqdirlanishdi: O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vazirlikning oliy harbiy talim muassasalari o‘rtasida olimpiadani tashkillashtirgani va yuqori darajada o‘tkazgani hamda adolatli va xolisona baholagani uchun quyidagi professor-o‘qituvchilar O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar:

Universitetimizning AKT sohasida iqtisodiyot va menejment fakulteti talaba-qizlari uchun Emotsional intellekt: oʻzingizning va oʻzgalarning hissiyotlarini tushunish mavzusida seminar oʻtkazildi.

Hissiyotlar hayotning har qanday vaziyatlarida bizga hamrohlik qiladi. Ba’zida his-tuygʻularingiz nogahon joʻshib ketib, tiniq fikrlashga va ongli qarorlar qabul qilishga toʻsqinlik qilishi mumkin. Universitet psixologi Sobitova Shahnoza hamda Emotsional Intellekt mentori Yakubova Diora ishtirokida mavzu tinglovchilarga batafsil yoritib berildi. Emotsional intellekt — insonning oʻziga xos koʻnikma va malakalaridir, ularning yordamida inson oʻzining va boshqa kishilarning hissiyotlarini tushunadi, ularni nazorat qiladi va boshqaradi.