Ehson Shenojak - "Islom iqtisodiyoti: global inqirozdan chiqish"
Ehson Shenojakni "Islom iqtisodiyoti: global inqirozdan chiqish" kitobi.
"Kapitalizm: "Avval pul" deydi, Islom dini esa: "Avval inson" deydi".
"Kapitalizmning g'oyasi faqat bu dunyoni obod qilish, islomning g'oyasi esa oxirat soyasidagi dunyoni obod qilishdir".
"Islom esa foizni harom qilib odamni odamga qaram bo'lishiga to'siq yaratdi, tijorat qilishga tashviq etib, odamlarni mulkka ega bo'lishiga va ularning yashashi uchun tayyorlangan yer yuzini obod qilishga chaqirdi".
Kitob haqida to'xtaladigan bo'lsam:
-Kitobda asosan islom iqtisodiyoti foizga asoslangan kapitalizmdan afzalligi, foiz haromligi, tijoratga oid halol qoidalar;
-Puldan pul chiqarib daromad qilish haromligi, foiz boyni boy, kambag'alni yanada kambg'al qilishi, aholi daromadlaridagi tengsizlikning o'ta kattaligi va sarmoya juda ozchilikning qo'lida ekanligiga asosiy sabab foizligi;
-Shuningdek foizsiz banklardagi musharaka, muzoraba, naqd olib nasiyaga sotish, salam kabi sarmoyalar tushuntirilgan. Islom iqtisodiyotidagi uch qutb: tijorat halol, foiz harom va zakotni farzligi hamda asosiysi ko'p pul topish emas, balki hisobini bera oladigan darajasida topishni ilgari suradi.
-Mo'minlarning qarz munosabatlari qanday bo'lishligi batafsil yoritilib berilgan.
Umuman olganda halol tijorat qilaman va Islom iqtisodiyotni chuqur o'rganaman degan insonlar albatta ushbu kitobni o'qishlari kerak deb o'ylayman.