
Mutolaa zavqidan tobora uzoqlashib borayotgan, hatto uni unutayotgan, adabiyotdan bexabarlik fazilatga aylanayotgan, bu holatning oqibati o'laroq yaxshi bilan yomon, ezgulik bilan yovuzlik, asl bilan soxta, yolg'on bilan rost qorishib ketgan, bular o'rtasidagi farqni anglash, baholash tobora qiyinlashib borayotgan XXI asrda INSON mohiyatini va uning ko'nglini qutqarish ming yillar avval, dinda «jaholat davri» deb ataladigan davrlar kabi yana dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi. Hali hech qaysi asrda ko'ngilni o'ldirish uchun bu qadar keng qamrovli xurujlar, tahdidlar bo'lmagan. Eng fojialisi odamning o'zi bu xurujning bir qismiga uni harakatlantiruvchi va hayotga tatbiq etuvchi kuchga aylanmoqda, bu bilan o'zini farishtalar bilan bog'lab...

Assalomu alaykum. Jorj Oruellning "1984" kitobi mutolaasi yakunlandi. Bu kitobga ham kirishib ketishda qiyinchilik bo'ldi, huddi "Molxona"ni o'qiganimdek bunda ham asabiylik bilan o'qidim. Antiutopiya janrdagi kitoblar yanada yoqib boryapti menga. "1984" kitob: "Katta og'a"(balki yo'qdir) va partiyanining diktaturasi, xalqqa zulumi, tenglikni yo'qotishi holbuki demokratiyaga, faravonlikka eltadigan barcha yo'llarni yo'q qilishi va eng asabni buzadigani tilni yangi tilga almashtirishidir.

Oldin o'qimaganimga afuslanadigan kitoblardan biri bo'ldi. Yana qayta-qayta o'qiydigan kitoblarimdan biri bo'ladi...

Antiutopik asarlardan birinchi o'qigan kitobim - "Molxona" kitobi bo'ldi. Bilmadim kitobni rosa asabiy holatda o'qidim. Balkim adolatsizlik, yolg'onlarga chidolmasligimdir.

Ehson Shenojakni "Islom iqtisodiyoti: global inqirozdan chiqish" kitobi.

Klaus Shvabning "To'rtinchi sanoat inqilobi" kitobi mutolaasi tugadi.