July 5, 2023

#why_nations_fail

Mutolaa

Daron Ajemo'g'li, Jeyms A. Robinsonninv "Mamlakatlar tanazulli sabablari" (Why nations fail) kitobi mutolaasini tugatdim. Kitob ilmiy ommabop kitob bo'lib, kitobda "nega ayrim mamlakatlar taraqqiy etgan?", "nega ayrim mamlakatlar tanazulli yuz tutgan"? kabi savollarga javob olishimiz mumkin. Kitob 2012-yilda nashr qilingan va haligacha o'zini darajasini ushlab turibdi. Endi kitobga batafsil to'xtaladigan bo'lsak: bugungi kundagi dunyo mamlakatlar tengsizligi sabablari keng yoritilib berilgan. Mamlakatlar tengsizligi sabablari - mamlakatlarning geografik omil nazariyasi, madaniy omli nazariyasi, bilimsizlik nazariyasi emas, balki inklyuziv va ekstraktiv siyosiy va iqtisodiy institutlar belgilab berishi takidlangan. Taraqqiy davlatlarda inklyuziv, kambag'al davlatlarda esa ekstraktiv institutlar tufayli kambag'alligi ko'rsatilgan.Inklyuziv institutlar – xususiy mulk daxlsizligi, odil sudlov tizimining mustaqilligi, fuqarolarning iqtisodiy faolligi uchun to‘siqlarning yo‘qligi, kasb tanlashdagi mustaqillik, bozorning yangi kompaniyalar va raqobat uchun ochiqligi bilan izohlanadi.Ekstraktiv institutlar esa iqtisodiy faollikni rag‘batlantirishga emas, aksincha elita qatlam hisoblangan ozchilikning daromadini oshirish va bu yo‘lda ko‘pchilikni ekspluatatsiya qilishni nazarda tutadi.Shuningdek kitobda: Shimoliy va Janubuy Koreya o'rtasidagi tahofutlar, Maya qabilasi, Afrika davlatlarini taraqqiy etmagani, Arizona shtatidagi Nogalus shahri, SSSRning tanazulli, Xitotdagi avtoritar siyosat, Angliyadagi sanoat inqilobi, buyuk fransuz inqilobi va ko'plab muhim voqealik, o'zgarish va burilish nuqtalari batafsil yoritilib berilgan. Kitobda O'zbekiston haqida ham yozilgan.Kitob keng jamoatchilik uchun mutolaa uchun munosib. Shuningdek kitob mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, o'zgarishlar, taraqqiy etayotganimizni natijasini tahlil qilish uchun ham ayni muddao.Shu o'rinda kitobni o'zbek tiliga tarjima qilgan @asaxiybooks jamosi va iqtisodchi Behzod aka Hoshimovga minnatdorchilik bildiraman.