Jorj Oruell - "1984"
Assalomu alaykum.
Jorj Oruellning "1984" kitobi mutolaasi yakunlandi. Bu kitobga ham kirishib ketishda qiyinchilik bo'ldi, huddi "Molxona"ni o'qiganimdek bunda ham asabiylik bilan o'qidim. Antiutopiya janrdagi kitoblar yanada yoqib boryapti menga.
"1984" kitob: "Katta og'a"(balki yo'qdir) va partiyanining diktaturasi, xalqqa zulumi, tenglikni yo'qotishi holbuki demokratiyaga, faravonlikka eltadigan barcha yo'llarni yo'q qilishi va eng asabni buzadigani tilni yangi tilga almashtirishidir.
Kitobdagi voqealar partiyaga qarshi kurashgan Uinston Smit atrofida kechadi. Uinston qo'lidan kelgan ishni qildi. O'Brayenni ham partiyaga qarshi deb o'yladi va u bilan birgalikda harakat qilishdi vaholangki O'Brayen ichki partiya a'zo bo'lib chiqdi, hattoki Charrington ham. Uinstonni qamaldi, daxshatli tarzda qiynoqlarga solindi va eng alamlisi oxirida Uinston o'zligi ustidan g'alaba qozonishi bilan tugadi.
Men kitobdan oxirida ko'p o'zgarishlar yuz berishini kutgandim lekin ro'y bermadi bu voqealar. Eng xohlagan narsam - oxirida inqilob bo'lishini va partiya qulashini kutgandim.
"URUSH - TINCHLIKDIR.
ERK - QULLIKDIR.
BILIMSIZLIK - KUCHDIR."