Erix Mariya Remark - "G'arbiy frontda o'zgarish yo'q"
Remarkning asarlaridan birinchi shu kitobni o'qidim. Kitob qahramonlari bilan birga yashadim mutolaa davomida. Kitob urush haqida, urushning insoniyatga qanchalik ta'sir ko'rsatgani, hali 20 yoshga kirmagan yigitlarni hayotdan umidini uzdirgan bu daxshatli qirg'in haqida.
"Urush e'lon qilishdan oldin umumxalq sayli uyushtirilishi kerak, xuddi buqalar jangi tomoshasida boʻlganiday, musiqa chalinib, chiptalar sotilishi lozim. Keyin dushman mamlakatlarning vazir va generallari trusikda maydonga tushib, bir-birlari bilan olishishsin. Kim yengsa, o'sha mamlakat g'olib chiqqan deb hisoblanadi. Shunda adolatli ish boʻladi. Hozir-chi? Mutlaqo notanish odamlar bir-birlarini oʻldirib yotishibdi."
Bu jumlalar kitobda menga yoqqan joylari. Rostan ham xalq noto'g'ri qaror chiqaruvchi amaldorlar qurboni bo'lmasliklari kerak. Bunga yorqin misol bugungi kunda davom etayotgan urush haqida. Bitta diktaturni qarori bilan ikki mamlakat xalqi aziyat chekyapti. Uni ismini aytishim shart emas. Tushundingiz degan umiddaman.
"1918-yilning oktabrida, butun front boʻylab sokinlik hukm surayotgan paytda u halok boʻldi, harbiy axborotlar bittagina jumladan iborat edi: «G'arbiy frontda oʻzgarish yo'q».
U yuztuban yiqildi, ag'darib ko'rishganda qiynalmay jon berganday tuyildi, yuzi uxlab yotgan kishinikidan farq qilmasdi, go'yo umri mana shunday xotima topganidan mamnunga o'xshardi." Bu kitobni eng yig'layuvchi qismi...