July 22, 2023

Klaus Shvab - To'rtinchi sanoat inqilobi

Klaus Shvabning "To'rtinchi sanoat inqilobi" kitobi mutolaasi tugadi.

Kitob haqida taassurotlarim ko'p. Mamlakatlar tanazzuli sabablaridan keyin o'qigan eng kuchli ilmiy-ommabop kitob bo'ldi men uchun. O'zim uchun kerakli joylarini belgilab oldim. Bu kitob orqali nimadirlarni qilish mumkin deb o'ylayman.

Kitob iqtisodchi, axborot texnologiyasi va davlat idoralari xodimlari o'qishi muhim bo'lgan kitoblardan biri.
Rivojlanib borayotgan dunyoda texnologiyalarni rivojlanishi hayotimizga qanday ijobiy va salbiy ta'sir qiladi? Sun'iy intellektni nimalarni olib keladi? Uning oqibatlari qanday? To'rtinchi sanoat inqilobidagi o'zgarishlar bizga qanday qulayliklar yaratadi, undan foydalanish bizga qanchalik foydali? O'zini oldiga uzoq yillik rejalar qo'ygan hukumat yoki biznes egalari qanday ishlar qilishi, nimalarga e'tibor berishi kerak? To'rtinchi sanoat inqilobini hayotimizga qanday tadbiq qilish kerak kabi savollarga kitobdan javob olishimiz mumkin. Kitob yetarlicha statistik ma'lumotlar bilan ta'minlangan. Tushunishga qulay.

To'rtinchi sanoat inqilobiga kirish sharoitida: Davlat yoki tashkilotlar texnologik innovatsiyalarni qabul qilish darajasi ularning taraqqiyotida hal qiluvchi omildir.

Kitobni sifatli tarjimasi va o'qishga qulay chop etgani uchun "Asaxiy Books" loyihasiga minnatdorchilik bildiraman. Kitobni har bir kishiga o'qish uchun tavsiya qilaman. Albatta manfaatli bo'ladi hammamiz uchun.