October 12, 2023
Jek London - "Martin Iden"
Oldin o'qimaganimga afuslanadigan kitoblardan biri bo'ldi. Yana qayta-qayta o'qiydigan kitoblarimdan biri bo'ladi...
"Ruf"ni umuman kitobdagi hech kimni aybdor qilib ko'rsatmoqchi emasman. O'qigan inson tushunib oladi. Bularni o'qib his qilish kerak...
Boshida kitobga kirib ketolmadim lekin oxirgi 15 ta bobida ezildim. Ba'zi hollarda "Martin Iden" obrazida o'zimni ko'rdim. Negaki men ham ba'zi narsalarni boshimdan o'tkazgandim va kitob tugaguncha bu narsalar meni taqib qilib bordi.
Boshqa biror narsa yozishga hech nima kelmayapti. Mutolaa qilish davomida his qilganlarimni so'z bilan ifodolmayapman. Kitob juda zo'rligidan tufayli, aslida mening ilmim ham yetmaydi biror narsa deyishga. O'qimaganlarga tavsiya qilolaman xolos.