July 22, 2023

Devid Bax, Jon Devid Mann - "Latte omili": moliyaviy mustaqillik va erkin hayot sari

Assalomu alaykum

#mutolaasi_yakunlandi

Kitob hikoya tarzida yozilgan bo'lib, o'qish davomida kreditlari ko'payib ketgan, o'zi uchun pul sarflay olmayotgan Zoi ismli bir qiz bilan tanishamiz.
Kitobda inson qancha ko'p pul topishi muhim emas, pulini qanday sarflashi muhimligi, qanchalik daromadlar ko'p bo'lmasin, bunga nisbatan xarajalarni ham ko'p bo'lishligi yaxshi tushuntirilib berilgan. Shuningdek moliyaviy erkinlikning uchta siri:
1. Avval o'zingizga to'lang.
2. To'lovlarni avtomatik amalga oshiring.
3. Hoziroq boy yashang kabi g'oyalar jadvallar bilan tushuntirilib berilgan.
Kitob bizga o'ylaganimizdan boy ekanligimizni ko'rsatadi.
Kitobdagi "Latte omili" shunchaki
- metafora. Bunda siz pul sarflaydigan, ammo uncha zarur bo'lmagan har bir narsa tavirlangan.
Kunlik "latte omili"ngizni ro'yhatini qilib chiqing.

Kitobda eng yoqqan yeri - "Qayerga ketayotganingizni bilmasangiz, boradigan manzilingizni yoqtirmasligingiz ehtimoli katta."
Bu bizni maqsad qo'yib harakatlanishimiz strategiyasidir.


Biz kitobda xarajatlarimiz ko'payib ketayotgani, hayotimizni nega qo'lga ololmayotganligimiz, qanday qilib hoziroq boy bo'lib yashash kabi savollarga javob olishimiz mumkin.
Kitobda yana bir narsa e'tiborimni tortdi. Bu - "nomi ulug', surpasi quruq" ya'ni chiroyli kiyinib yurgan, mashinalari bor insonlarni hammasi kredit, qarzlari orqali bunga erishmagan deb o'ylayolmaymiz.
Kitob biz kattaroq uy, yaxshiroq mashinaga ega bo'lish, shahar tashqarisidan hovli olish yoki yaxshiroq maosh olish haqida emas balki bular nima bera olishlari haqida o'ylashimiz kerakligini o'rgatadi.

Bu moliyaviy mustaqillikka erishishni maqsad qilgan barcha yoshlar uchun muhim kitobdir.

Kitobni sifatli tarjimasi va o'qishga qulay chop etgani uchun "Asaxiy Books" loyihasiga minnatdorchilik bildiraman. Kitobni har bir kishiga o'qish uchun tavsiya qilaman. Albatta manfaatli bo'ladi hammamiz uchun.