Obyektni yaratish
O'tgan darsimizda aytganimdek, class bu hech nima ammo uning obyektlarini yaratishda foydalanish mumkin bo'lgan blueprint(andoza) yoki foydalanuvchi tomonidan kiritilgan ma'lumot turi hisoblanadi.
Class - mantiqiy entity(taassavur) biroq uning obyekti - haqiqiy.
Classning obyektini yaratish
Classning obyektini yaratishda biz new kalit so'zidan foydalanamiz.
Ko'rib turganingizdek, Tutorials classining obyektini yaratish uchun oxirgi qatorda new kalit so'zidan foydalandik va uni $oby o'zgaruvchisiga belgilab oldik.
Bizda biron-bir classning obyekti bo'lganida, biz uni class metodlari va o'zgaruvchilariga kirish(dostup olish) uchun -> operatoridan foydalanishimiz mumkin.
Natija:
Klass va metodlarga kirish
O'zgaruvchi va metodlardan klass obyektidan foydalanib, ma'lumotni olish uchun biz -> operatoridan keyin o'zgaruvchining va metodning nomini yozamiz.
Natija:
Mening ismim: Sanjar Sobirjonov
Yuqoridagi class da, ism() metodi ichida $this kalit so'zini ishlatganmiz, bu chaqirilayotgan obyektga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Bu haqida ko'proq kelgusida darslarimizda o'rganasiz.
Shunday tarzda, biz mahalliy class o'zgaruvchilariga turli xil qiymat belgilangan, klassning bir necha obyektini yaratishimiz mumkin:
Natija:
Mening ismim: Sanjar Sobirjonov
Mening ismim: Abdurasul Abduvahobov