«Inson o`zi kim yoxud muvofaqiyatga erishishning siri»
Siz muvofaqiyatga erishishni xohlaysizmi? Katta, chiroyli va lambarjini moshinangiz bo'lishinichi, xohlaysizmi? Yoki kimdir bo'lishni istarsiz?
Dunyoda shunday insonlar bor, ular boy, dunyoda shunday insonlar bor ular nochor. Har kim o'zi xohlagan narsaga, sharoitga yoki kasbga erishishni xohlaydi. Lekin ularning o'zini o'zlari bundan mahrum qilib qo'yishganini bilishmaydi ham. Olamning shunday narsa borki, u barchani o'zi fikr qilgan narsasiga erishtiradi. Ko'pchilik buni bilmasdan turib ishlatib yuborishadi. Bu olamning eng buyuk SIRI hisoblanadi.
Bu sir avval bo'lgan , hozir bo'layotgan va bo'ladigan barcha narsaga javob bo'loladi. - Ralf Voldo Emerson
Dunyoning mashhur insonlari: Stiv Jobs, Bill Geyts, Jek Maa, Jeff Bezos kabi shaxslarning ham sirlari bir xil. Olamning buyuk siri bo'lmish - tortishish kuchi.
Shu bilan birga buni fizika ham tasdiqlaydi.
Tortishish kuchi shunday kuchki uni oddiy qilib magnitga qiyos qilishimiz mumkin. Magnit bu bizmiz. Magnit nimani xohlasa o'sha narsani o'ziga tortish kuchiga ega. Biror narsaga erishish uchun unga egalik hissiyotini oshirish kerak. Insonning ham o'zi ana shunday mo'jizaviy xususiyatga ega. Bu xususiyatni o'rganish yoki qandaydir qiyinchiliklari yo'q, uni o'zimiz har qadamimizda yaratamiz.
Inson biror narsani xohlar ekan, uni o'z ongida ya'ni miyasida fikrlaydi. Har daqiqada o'ylashi ham mumkin. Bu esa uning magnitlik xossasini oshishiga olib keladi. O'sha o'zi xohlagan narsasini qanchalik ko'p o'ylasa, ongidan o'tkazsa, o'ylagan narsasini o'zi tortib olishi mumkin. Ya'ni u bir zumda sodir bo'lishi ham mumkin yoki ozgina vaqt talab qilishi ham mumkin. Mana shu kuch bilan biz o'z hayotimizni o'zgartirishimiz mumkin. Misol, siz futbol matchida top surayapsiz. Sizda mana shu o'yinda to'pni darvozaga kiritolmasamchi, yaxshi o'ynolmasamchi desangiz, shu salbiy fikr atrofga signal beradi. Bu esa sizni o'ylagan narsangiz bo'lishiga olib kelishi mumkin. Bunga o'xshash holatlar ko'pchilikda bo'lganligi aniq.
Mana shunday ketma-ketlikda salbiy fikrlar salbiy fikrlarni yoki aksincha ijobiy fikrlar ijobiy fikrlarni olib keladi. Yana bir misol keltirsam, siz bir narsani juda xohlayapsiz. Masalan moshinangiz bo'lishini xohlaysiz. Hayol surasiz, o'ylaysiz. U moshinada xuddi o'zingiz yurganday hayol qilsangiz, unga nisbatan egalik hissini oshirsangiz u narsaga erishish uchun sizga salbiy ta'sir qiladigan kuchlar qochadi va o'rniga ijobiy holatlar va yengil vaziyatlar ushbu narsaga erishishda yordam beradi.
Har bir istagan narsangizga qattiq ishonch va uni hayolan miyangizdan o'tkazishingiz kerak. Faqat ijobiy fikrlarni.
The Secret filmi asosida qisqacha tayyorlandi. | TUTORIALS.UZ