Kursga borish yoki kitob o'qish? Qaysi biri samarali?
Bilamiz, hozirgi kunda ko'pchilik dasturchilikka qiziqadi. Albatta-da! Chunki hozir XXI asr-ku! Bu asr texnologiyalar asri. Har birimiz hech bo'lmaganda, kompyuterni o'chirib yoqishni bilishimiz kerak. Hammamiz guvohmiz, davlatimizda IT sohasini rivojlantirishga oid bir qancha ishlar, chora-tadbirlar olib borilmoqda. Bularning hammasi yosh dasturchilar, bo'lajak kompaniya rahbarlarni yetishtirish uchun qilinayotgan porloq ish.
Endi postimizni mavzusiga qaytsak. Ko'pchilik dasturlashni o'rganish uchun kurslarga borish kerak deb o'ylaydi. Sababi, o'zlari o'rganishsa qiynaladi. Ha, to'g'ri. Qiynaladi. Biror-bir narsa bormiki qiyinchiliksiz erishib bo'lsa? Hehe, aslo yo'q-da. To'g'ri kursga borsa malakali ustozlar o'qitadi, tushunmagan joylaringizni tez o'rganib olasiz. Chunki o'g'zingizga chaynab bergandan keyin, yutish nima gap, to'g'rimi? Xo'sh, endi savol tug'iladi.
Dasturlashni kursga borib o'rganganim ma'qulmi yoki dasturlash kitoblarini titkilab, internetni titkilab, izlanib o'qigan samaralimi?
Har bir mahsulot qancha sifatli bo'lsa, o'sha mahsulotga talab katta bo'ladi va uzoqqa chidaydi. Aytmoqchimanki, siz o'qiyotgan kitob bo'ladimi yoki kurs bo'ladimi, sifatli bo'lsa bas. Kitob o'qish ham , kursga borish ham samarali.
Hurmat bilan shuni aytishim mumkin, eng samarali usul practice(tajriba) qilishni o'rganish. Har bir o'rgangan mavzungiz bo'ladimi yoki funksiyami, o'sha ustida ko'proq tajriba qilishingiz kerak. Bu sizni yanada rivojlanishingizda yordam beradi.
Dasturlashni o'rganish uchun 3-4ta maslahatlarimni berib o'taman.
- Qo'lda dasturlashni o'rganing. U malakangizni oshiradi va ish topishingizda qo'l keladi.
Ko'pchilik dasturlashni o'rganishda kompyuterdan foydalanishadi. Bu ko'rsatkich O'zbekistonda 99% desam ham adashmasam kerak. Kompyuter monitorlari ingichka, yorug', inson quvvatini olishi ham sir emas. Lekin dasturlashni o'rganish uchun coding-by-hand(qo'lda dasturlash) metodi hali hanuz eng samarali usullardan bo'lib kelmoqda. Eee kompyuter oson-ku, deyishga shoshilmang. Bir oq varoqda kod yozib ko'ring, keyin qarang siz uni test qilolmaysiz. Kodingiz hali tugagani yo'q. Sizda ma'suliyat tug'iladi. Uni qayta-qayta yozishni xohlamaysiz va to'g'ri, bexato yozishga harakat qilasiz. Davom etaverib, tajribangiz oshadi. Qarab turibsizki, siz dastur tuzmoqchi bo'lsangiz hech qanday kompyuterni hojati yo'q bo'ladi. Ya'ni kompyuteringiz yoningizda bo'lmasa ham mukammal kichik yoki kattaroq dasturlarni ham bexato tuzishga ega bo'lasiz. Coding-by-hand metod chetda ishga kirishda intervyu mobaynida kerak bo'ladi. Shuningchun, bu metodni sinab ko'rishni ertaroq boshlang:)
2. Kerak paytda yordam so'rang
Har bir odam yordam so'raydi, maslahatlashadi, fikr almashadi. Shuningdek dasturchilarda ham shu hislatlar bor. Ko'pgina dasturchilar boshqalarga o'z bilimini ulashish bilan zavqlanadi. O'z ishida shu usul bilan ilhom bilan ishlaydi. Onlayn dasturlash bo'yicha saytlarda ham, shu jumladan Stackoverflow saytida o'zingizni qiynagan masalalarni yozib, javob olishingiz mumkin bo'ladi.
3. Onlayn manbalarni ko'zdan kechirib chiqing. Manbalar qayerda ko'p, albatta internetda
Onlayn manbalar deganimizda nimalar kiradi? Onlayn manbalar bular kitoblar, youtube darslar, bloglar, reddit postlar va boshqalarni misol qilib olishimiz mumkin.
4. Namuna kodlarni shunchaki o'qimang. Yaxshilab shug'ullaning.
Biz sayt shablonlarini olib, uni ko'zdan kechirishimiz mumkin. U kodlarni o'qisak juda sodda tuyiladi, go'yoki uni bemalol yozadigandek. Ammo uni o'zingiz 0 dan yozsangiz, run(yurgizish) qilsangiz kod sodda tuyulgani bilan uni yozish qiyinligini bilasiz. Kodni qayta yozib ko'ring, o'zingizdan qo'shimchalar kiritib ko'ring shu asnoda sizda tajriba oshishi aniq.
Maqola muallifi: Sanjar Sobirjonov