PHP
May 19, 2019

PHP - sintaksis va echo va print

PHP skript serverda bajariladi. Oddiy HTML natija brauzerga yuboriladi va u HTML kod ko'rinishida ko'rinadi.

Asosiy PHP sintaksis

PHP skript hujjatning barcha joyida joylashishi mumkin. Xoh o'rtada, xoh pastda.

PHP skriptning ochilish va yopilishi mavjud bo'lib, huddi HTML ga o'xshaydi. Ular (<?php) bilan ochiladi, (?>) bilan yopiladi.

<?php
// PHP kod shu joyda aks etadi
?>

PHP fayllar uchun standart kengaytmasi - (.php) shaklda bo'ladi.

PHP fayl o'z ichiga HTML teglar va PHP skript kodlarini oladi.

Quyida, sizga PHP da sodda misol keltirilgan. Bu yerda PHP skripti ichida qurilgan PHP (echo) funksiyasi ("SALOM DUNYO") matnini veb sahifaga chiqarib beradi:

<!DOCTYPE html>
<html>
<body>

<h1>Mening sahifam</h1>

<?php
echo "SALOM DUNYO!";
?>

</body>
</html>

ESLATMA: PHP so'zining oxiri (;) nutqa-vergul bilan tugaydi!

Qatordagi PHP koddagi izoh hech qanday vazifani bajarmaydi, ya'ni u dasturning bir qismiday hisoblanadi. Izoh qo'yilishning maqsadi:

  • Boshqalarga siz nima qilayotganingizni bilishi uchun qo'yish.
  • O'zingizga nima qilganingizni eslashingiz uchun- Ko'pgina tajribali dasturchilar 2-3 yil yozgan kodlarini qayta ko'rib chiqishadi, shunda ular izoh qoldirgan bo'lsa bu kodni yozayotganda nimalar qilishini eslashiga yordam beradi.

PHP'da izohlash uchun turli xil yo'llar bor:

PHP katta-kichiklikning ahamiyati

PHP tilidagi barcha kalit so'zlar (m.s. if, else, while, echo, v.h.) klasslar, funksiyalar va foydalanuvchi belgilagan funksiyalarga KATTA-KICHIKLIK'ning farqi yo'q. Katta bo'lsin yoki kichik bo'lsin, u funksiya o'z ishini bajaraveradi!

Quyida misol keltirilgan:

Ammo, barcha o'zgaruvchilar bundan mustasno!

Quyidagi misolda faqat birinchi so'z $color o'zgaruvchisining qiymatini aks etadi (bu $COLOR, $color va $coLOR uch xil o'zgaruvchilardan iborat).


ECHO va PRINT

Ma'lumotlarni chiqarish uchun PHP da 2 usul mavjud bo'lib ular: echo va print hisoblanadi.

Bu darsda biz echo va print buyruqlaridan foydalanamiz. Shuningdek siz ham biz bilan bu haqida boshlang'ich bilimlarga ega bo'lasiz.

ECHO va PRINT buyruqlari(statements)

echo va print bir-biriga ozgina o'xshashroq. Ularning ikkisi ham ma'lumotlarni ekranga chiqarib beradi.

echo ko'p parametrlarni qabul qiloladi(garchi bunday foydalanish kam bo'lsa ham), print faqat bitta argument qabul qiloladi.

PHP ECHO buyrug'i

echo buyrug'i qavslar bilan ham yoki aksincha qavslarsiz ham ishlatilishi mumkin: echo & echo()

Quyidagi namunada echo orqali matnni qanday ekranga chiqarish ko'rsatilgan. (matnda HTML formatlash ham mavjud)

O'zgaruvchilar bilan chiqarish

Keltirilgan namunada matn va o'zgaruvchilarni ekranga chiqarish uchun rasmni ko'rasiz:

PHP Print buyrug'i

print buyrug'i qavslar bilan ham yoki aksincha qavslarsiz ham ishlatilishi mumkin: print & print()

Quyidagi namunada print orqali matnni qanday ekranga chiqarish ko'rsatilgan. (matnda HTML formatlash ham mavjud)

O'zgaruvchilar bilan chiqarish

Keltirilgan namunada matn va o'zgaruvchilarni ekranga print orqali chiqarish uchun rasmni ko'rasiz:


Tutorials.uz - telegram kanali O'zbekiston bo'ylab bepul dasturlash darslarini ishlab chiquvchi holis kanal.