Holat boshqaruvi - Cookie
cookie - veb brauzerdagi saytdan yuboriladigan so'rov orqali kuzatuvchining kompyuterida saqlanadigan kichik ma'lumot.
Ma'lumot - veb brauzer va serverlar o'rtasida HTTP Headers'da muntazam ravishda almashinib turiladi. Brauzer joriy cookie ma'lumotni serverga uzatadi va server yangilangan ma'lumotni yana foydalanuvchiga javob tariqasida qaytaradi.
Cookie fayllar o'lchami brauzerga bog'liq. Ammo, odatda fayl o'lchami 4kb(4096 bayt) dan oshmaydi. Bu chegara. Cookie ma'lumotlar istalgan narsa bo'lishi mumkin. Foydalanuvchi ismi, saytga necha marotaba tashrif buyurgani yoki xarid qilgan narsalari to'g'risidagi ma'lumot. Brauzerda cookielar matn(.text) fayl formatida saqlanadi.
Cookie turlari
- Sessiya/Vaqtinchalik kuki
- Doimiy kuki
Vaqtinchalik kuki - nomidan ko'rinib turibdi. Ular sessiya vaqti tugaganda yoki brauzer yopilib ochilganda tugaydi.
Doimiy kuki - doimiy kuki yaratish uchun biz setcookie funksiyasi ichiga muddat parametrini yozishimiz kerak.
Kukini o'rnatish
PHPda kukini o'rnatish uchun o'z funksiyasi mavjud. U setcookie() funksiyasi.
Sintaksisi:
setcookie ( nom, qiymat, muddat, fayl manzili, domen, xavfsizlik)
setcookie() parametrlari:
Kuki yaratish
Kuki ma'lumotini olish
Kukini o'chirish
Kuki mijoz yoki server tomonidan tugatilishi yoki o'chirilishi mumkin.
Foydalanuvchi o'z tizimida "Kuki" papkasini topib o'z kuki fayllarini osongina o'chirishi mumkin.
Server kukini o'chirishi mumkin:
- Kuki muddatini belgilash orqali;
- Kuki nomini belgilash orqali.
Namuna:
Sanjar Sobirjonov | t.me/tutorials.uz | FrontendPro