PHP
June 10, 2019

Massiv funksiyalari

Keling, sizlar bilan massiv funksiyalari bilan tanishamiz. Umumiy tajribaga ko'ra, massiv funksiyalaridan foydalanish, PHP lib(kutubxona)da oldindan belgilangan funksiyalar bo'lganligi tufayli dasturchining ko'p vaqtini tejaydi. Ulardan foydalanish uchun ularni chaqirishingiz kerak.


PHP 5 da ishlatiladigan umumiy funksiyalar

sizeof() - funksiyasi

Bu funksiya massivdagi elementlarning sonini(o'lchami) ekranga chiqaradi. U xuddi count() funksiyasiga o'xshaydi.

<?php

$kurslar = array("HTML", "CSS", "PHP");
echo "Massiv o'lchami: ". sizeof($kurslar);

?>

is_array() - funksiyasi

Kiritilgan ma'lumotni massiv yoki massiv emasligini tekshirish uchun biz is_array() funksiyasidan foydalanamiz. Agar o'zgaruvchi massiv bo'lsa TRUE , aksincha bo'lsa FALSE qaytaradi.

<?php

$kurslar = array("HTML", "CSS", "PHP");

// using ternary operator
echo is_array($kurslar) ? 'Massiv' : 'Massiv emas';

$messenjer= "Telegram";

// ternary operatoridan foydalanish
echo is_array($messenjer) ? 'Massiv' : 'Massiv emas';

?>

in_array() - funksiyasi

Massivdan foydalanayotgan paytimizda, biz qaysidir qiymatni massiv ichida bor yoki yo'qligini tekshirishimiz kerak bo'lib qoladi. Masalan, bizda kurslar ro'yhati bor, ro'yhatda PHP kursi bor yoki yo'qligini tekshirish uchun in_array($arr) funksiyasidan foydalanamiz.

<?php

$kurslar = array("HTML", "CSS", "PHP");
//topilishi kerak qiymat
$top = "PHP";
//in_array funksiyasi
echo in_array($top, $kurslar) ? 'Massiv ichida' : 'Massiv ichida emas';

?

array_rand() - funksiyasi

Agar siz massivdagi qiymatlarni tasodifiy tarzda chiqarmoqchi bo'lsangiz, array_rand() funksiyasi dan foydalanishingiz kerak bo'ladi. Bu funksiya berilgan massivdan bitta elementni tasodifiy chiqaradi va shuni aytish kerak, bunda indekslangan massivlarda qiymatni chiqarsa, bog'langan massivda esa tanlangan elementning kalitini chiqaradi.

<?php

$kurslar = array("HTML", "CSS", "PHP", "Bootstrap", "Js", "Python");

echo "Random kurs: ". $kurslar[array_rand($kurslar)];

?>

sort() - funksiyasi

Bu funksiya massiv elementlarini o'sish tartibida saralaydi. Ya'ni alifbo tartibida. A-Z.

<?php

$kurslar = array("HTML", "CSS", "PHP", "Bootstrap", "Js", "Python");

sort($kurslar);

print_r($kurslar);

?>

Boshqa saralash funksiyalarini ham o'rganing: asort(), arsort(), ksort(), krsort() va rsort().


Funksiyalar juda ko'p, ularning hammasini vazifasini tushuntirish esa bizning vazifamizga kirmaydi. Funksiyalarning ayrimlarini sizlarga tushuntirdim, o'zingiz qolganini o'rganishingiz mumkin. PHP rasmiy saytida yoki tushunmaganingizni @tutorialsgroup guruhida yozib qoldiring.


TUTORIALS.UZ - bepul onlayn dasturlash maktabi.