PHP
May 22, 2019

PHP da stringlar(satrlar) bilan ishlash


Biz bu darsligimizda ko'p ishlatiladigan funksiyalar misolida satrlarga ishlov berishni ko'ramiz

PHP String Funksiyasi

PHP strlen() funksiyasi satrning uzunligini hisoblaydi.

Quyidagi Salom Dunyo! so'zi misolida ko'ramiz:

Koddan chiqqan uzunlik soni: 12. Ya'ni bu yerda 12 belgi bor.

Satrdagi So'zlarning Sonini sanash

PHP str_word_count() funksiyasi satrdagi so'zlarning sonini chiqarib beradi:

Bu yerda faqat 2 ta so'z mavjud. SALOM va DUNYO! So'zlarning sonini funksiya chiqarib berdi.

Satrni o'girish

PHP dagi strrev() funksiyasi satrni teskarisiga ajratib beradi:

Satrdagi maxsus belgini qidirish

PHP dagi strpos() funksiyasi satrdagi belgilangan so'zni yoki belgini qidirishga yordam beradi:

ESLATMA: Satrdagi birinchi belgi 0 bo'ladi! Ya'ni birinchi belgi sanalmaydi.

Satrdagi belgi yoki so'zni boshqasi bilan almashtirish

PHP dagi str_replace() funksiyasi satrdagi biror belgini boshqasi bilan almashtirib yozishga yordam beradi:

Satr qismining birinchi argumenti almashtirmoqchi bo'lgan matn, ikkinchi argumenti kiritmoqchi bo'lgan yangi matn, uchinchi argument satr o'zgaruvchisining o'zi yoziladi. Bu yerda SALOM DUNYO! so'zidagi DUNYO so'zi olib qolinadi va keyingi so'z o'rniga qo'yiladi! So'ngra SALOM KOMPYUTER so'zini keltirib chiqaradi.


Tutorials.uz - telegram kanali O'zbekiston bo'ylab bepul dasturlash darslarini ishlab chiquvchi holis kanal.