Tutorials.uz telegram kanali bilan onlayn tarzda dasturlashni o'rgan.

💡Assalomu alaykum aziz bo'lajak va professional dasturchilar!


📍Bu kanalning maqsadi nima?


✏️Kanalning maqsadi dasturlashni o'rganuvchilar uchun mutlaqo bepul va o'zbekcha qo'llanmalarni, kichik darsliklarni yetkazib berish va ta'minlash.


📚Har bir mavzu kitob shaklda emas, har bir mavzu telegraph yoki teletype muharrirlari orqali kanalga tashaladi. Tushunmay qolganlar, TutorialsUz kanalining rasmiy bilim almashish guruhida o'z savollarini berishlari mumkin bo'ladi.Tutorialsuz kanali guruhi: https://t.me/tutorialsgroup


📍Darsliklar qayerdan olinadi?


✏️Darsliklar albatta chet el saytlaridan o'zbek tiliga o'girilgan holda o'quvchilar o'qishga ega bo'lishadi. O'zbek tiliga o'girishda Sanjar Sobirjonov o'rganuvchilarga beminnat yordam berishga tayyor, albatta, qo'lidan kelgancha.


📍Kanalda agar shunchalik sifatli va bepul ta'lim bermoqchi bo'lsangiz, boshqalar bundan foydalanishmaydimi?


✏️Albatta foydalanishadi. Ro'zai Ramazon kunida men uchun ham katta ajr-mukofot keltiradi. Lekin tanganing ikkinchi tomoni ham bor. Boshqalar ma'lumotlarni pullashi mumkin. Ana shunday vaziyatlarni ko'rib qoladigan bo'lsangiz, joyida to'xtating va bizning kanalimizda «Jabrlanuvchi» ga bepul o'qishini yozib qoldiring. Hammaning vijdoniga havola.


📍Kanaldagi ma'lumotlar qaysi saytlardan olinadi?


✏️Kanaldagi darsliklar yuqorida aytib o'tganimdek, chet saytlaridan olinadi. O'zbek tilida blog post qilinadi. Foydalanadigan manbalarimiz: tutorialspoint.com, codecademy.com, w3schools.com .


📍Darslar qachondan boshlanadi?


✏️Darslar bugun iftorlik paytidan so'ng, bir darsimiz yoziladi.


🙂Barchamizga va shuningdek menga ham Alloh o'zi sabr bersin. Sizlarga sifatli va mutlaqo bepul ta'lim berish nasib etsin!


🌐O'zbekiston bo'ylab bepul onlayn dasturlash darslar kanali: 👉 t.me/tutorialsuz