Massivlar bilan tanishuv darsi
Massivlar - bitta o'zgaruvchida bir xil turdagi ko'p qiymatlarni saqlash uchun ishlatiladi.
Misol uchun sizda birgalikda saqlamoqchi bo'lgan tadbirlar ro'yhati yoki konstavar buyumlari ro'yhati, ranglar ro'yhati bo'lishi mumkin. Siz ularni alohida o'zgaruvchilarda saqlashingiz mumkin ammo ularni har biri uchun ko'p o'zgaruvchilar yaratishingiz kerak va ular birgalikda bog'lanmaydi.
Bunday holatda, php massivlar qo'l keladi. Massivlar bitta o'zgaruvchida bir yoki undan ortiq qiymatlarni saqlay oladi. Shuningdek, biz ularni(qiymatlarni) foreach sikli orqali har xil joyga joylashtirishimiz, harakatlantirishimiz mumkin bo'ladi.
Massiv yaratish -
PHP da biz massivlarni array() funksiyasi orqali yaratishimiz mumkin bo'ladi.
Sintaksis:
<?php /* bu funksiya bir necha vergul bilan ajratilgan qiymatlarni massiv yaratish uchun kiruvchi ma'lumotlar sifatida qabul qiladi. */ array(); ?>
PHP da massivlarning 3 xil turi mavjud bo'lib, ular quyidagicha:
- Indekslangan massiv: Bu sonli indeksli massiv.
- Birlashgan massiv: Bu indeks sifatida nomlangan kalit. Kalit sonli va matnli ko'rinishda bo'lishi mumkin.
- Ko'p o'lchamli massiv: Bu bir yoki undan ko'p massivlarni ichiga olgan massiv.
Namuna -
Keling, bir massivni qanday yaratilishini namuna sifatida sizni tushunishingizda yordam berish uchun olamiz.
<?php /* moshina nomlari yozilgan massiv */ $moshinalar= array("Captiva", "Malibu", "Jiguli"); ?>
Biz massivdagi ma'lumotni olishimiz uchun, indeks sonlardan foydalanamiz yoki foreach sikli orqali massivdagi elementni o'qish uchun foydalanamiz.
Massiv elementlari uchun indeks sonlar 0 dan boshlanadi, ya'ni biz 1 deb sanaydigan bo'lsak, massivda 0 ni 1 deb o'ylaymiz va hakozo.
<?php /* moshina nomlari yozilgan massiv */ $moshinalar= array("Captiva", "Malibu", "Jiguli"); // birinchi moshinaning nomini chiqaramiz echo $moshinalar[0]; echo "Captiva - tez yuradigan moshina turiga kiradi."; ?>
NATIJA:
Captiva Captiva - tez yuradigan moshina turiga kiradi.
Massivlarning foydali tomonlari:
Quyidagi jumlalarda dastur/skriptimizda ishlatadigan massivlarning foydalari to'g'risida ma'lumotga ega bo'lasiz:
- Tegishli ma'lumotlarning ro'yhatini aniqlash, ko'p o'zgaruvchilar yaratishdan ko'ra massivlarda juda oson.
- foreach sikli orqali elementni joyidan harakatlantirish va foydalanish oddiy qilib aytganda supper!😉
- PHP massivlarni saralash uchun muhim funksiyalarga ega, shuning uchun ma'lumotlarni yaxshi saralash uchun ishlatish mumkin.
Tutorials.uz - telegram kanali O'zbekiston bo'ylab bepul dasturlash darslarini ishlab chiquvchi holis kanal.