Davlatlar tanazzulining sabablari
Ibn Xaldunning fikricha, davlat ikki asosda qurilishi kerak:
1) kuch va askarlarda o'z ifodasini topgan asabiylik;
2) kuchni qo'llab-quvvatlaydigan va hukumat funksiyalari ishlashini ta'minlaydigan gʻazna.
Bu ikki poydevor yaxshi bunyod boʻlmasa davlat parchalanadi. Birinchi asos “Muqaddima”da alohida ta’kidlangan. Asabiya bir guruhdan ikkinchisiga farq qilishi mumkin; lekin eng kuchli asabiyni ham har qanday qilib boʻlsa-da, zaiflashtirishning imkoni bor. Hashamat ham davlatni nuratishi va uni ag'darib yuborishi mumkin.
Batafsilroq aytganda, Ibn Xaldun davlatning tanazzulga uchrashining asosiy omillarini quyidagi omillarda ko'radi:
1. Din ta'sirining zaiflashishi.
Din odatda odamlarni birlashtiradi, turli xil masalalarda kelishuv oʻrnatadi. Bu, ayniqsa, davlat barpo etilishining boshlang‘ich davrida asabiy kuchdan tashqari yana bir qudrat berishi mumkin. Bu bosqichda odamlarga hech narsa qarshi tura olmaydi, chunki ularning dunyoqarashi bir va ular umumiy maqsadlari uchun o'lishga ham tayyor boʻladilar. Ushbu diniy koʻrinish o'zgargandan so'ng, guruh yoki davlat yo'q qilinadi. Arablar dinni e'tiborsiz qoldirdilar. Shuning uchun ham ular siyosiy rahbarlikda samarasiz bo'lib qoldilar. Din ularning hokimiyatlarini cheklab turuvchi omildir. Din birlashuvda va jamiyatning birikishida asosiy rol oʻynaydi. Agar din zaiflashsa, davlat nafaqat zaiflashadi, balki mamlakatda zulm va adolatsizlik ham urchib ketishi mumkin.
Dastlab, hashamat serob bo'ladi va bu davlatga qo'shimcha kuch beradi, jumladan, mijozlar va izdoshlar sonining ko'payishini ta'minlaydi. Biroq,
"sulolani qo'llab-quvvatlash uchun tayinlanganlar osoyishta hayotga berilib, dabdaba va to'kin-sochinlikka mukkasidan ketadilar. Ular o'z tengdoshlari va zamondoshlaridan sulolaning turli manfaatlari va korxonalari uchun xizmatkor sifatida foydalanadilar".
Ularning aksariyati hashamatga o'rganib qolgan va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun juda mag'rur yoki bunga qodir emaslar. Ibn Xaldun bu “quyi darajadagi” mashg‘ulot uchun odamlardan foydalanishga qarshi bo‘lsa-da, u ham “qoniqarli va ishonchli xizmatkorlar deyarli yo‘q” deb hisoblardi. Avlod asabiylikni saqlab qolish uchun zarur bo'lgan barcha narsalarga befarq qaraydi. Asabiya va jasorat keyingi avlodlarda yanada kamayadi. Oxir-oqibat, asabiylik butunlay yo'q qilinadi.
"Ularning hashamati qanchalik ko'p bo'lsa va hayotlari qanchalik oson bo'lsa, ular yo'q bo'lishga shunchalik yaqin bo'ladilar"
3. Hukmdorning davlatga yoki uning asabiyligiga aloqasi boʻlmagan guruhlardan yordamchi va tarafdorlarga tayanishi.
Oʻsha yordamchilar qattiqqoʻlligi bilan mashhur boʻlib, shunga koʻra, ochlik va qurbon berish kabi urush shartlariga bardosh bera olishlariga ishongan holda, ulardan qoʻshin sifatida foydalanadi. Aslida
“hukmdor o‘z xalqining erkaklariga qarshi mushtariylar va ergashuvchilardan yordam so‘raydi”.
Katta yutuqlari bilan faxrlanayotgan va dabdaba, aysh- ishrat sabab o‘z xalqi orasida nafratga duchor bo‘lgan hukmdor o'z xalqidan alohida bo'lib oladi. Ularning hokimiyatni qo'lga kiritishiga yo'l qo'ymaslik uchun hukmdor faqat o'zining yangi izdoshlari haqida qayg'uradi. U ustunlik va ko'plab imtiyozlar uchun alohida sodiq yordamchilarni saralab oladi, ular o'rtasida mulkni taqsimlaydi va ularga eng muhim ma'muriy lavozimlarni taqdim etadi. Bu holat, Ibn Xaldunning fikricha, davlatning barbod bo‘layotganidan darak beradi.
4. Hukmdorni boshqalarni o‘z holiga tashlab qo‘yishi va ularning ustidan nazorat qilishi.
Umumiy asabiy jihatdan o‘ziga aloqador bo‘lmagan kishilarga qaram bo‘lgan va dabdabaga beriluvchan bo‘lgan hukmdorning sheriklari ham shunday bo‘lishi mumkin. Va atrofidagilar hokimiyatga da'vo qilib, taxtni yoki siyosiy tashkilotni egallab olishadi. Bunda hukmdor yakkalanishi va barcha siyosiy statusidan mahrum bo'lishi ham mumkin. U o'z vazifasiga qaytishga harakat qiladi.
Agar u bu ishda muvaffaqiyat qozonsa, raqibini qatl qilish yoki shunchaki uni siyosatdan chetlatish orqali qasos olishi kutiladi. Ibn Xaldun oxirgi holat juda kamdan-kam sodir bo'lishini ta'kidlaydi.
Hukmdorning hokimiyati mustahkam o'rnatilgach, u butun shon-shuhratni faqat o'zi uchungina bo‘lishini istaydi. Shuningdek, u imkon qadar oddiy aholidan uzoqroq turishga intiladi; shu sabab, u (hukmdor) bir shaxsni tayinlab, unga odamlarning unga yaqinlashishiga to'sqinlik qilish vazifasini beradi. Hukmdor ittifoqi o‘z do'stlari bilan chegaralanadi. Hukmronlik davrida u o'ziga xos xislatlarni rivojlantirishi mumkin, bu hatto u bilan aloqada bo'lgan odamlarga ham bilinmaydi. Bu shaxslar odatda hukmdorga yoqmaydigan ish qilsa jazolanadi, U ham asabiylik orqali hokimiyatga erishishiga yordam berganlarni xorlab o'ldirishni boshlaydi, chunki ularga boʻlgan hasad qo'rquvga aylanadi.
"Har bir xalqda shunday bo'lgan, (ummat) zulm bo'yinturug'i ostiga tushib, u orqali zulm ma'nosini anglab yetdi."
Zulm tufayli hukmdor odatda nafsni (taalluhni) rivojlantiradi, uni saqlab qolishga harakat qiladi. Buni tushunish kerakki, deb ta'kidlaydi Ibn Xaldun,
"Siyosat faqat bir kishi nazorat qilishini talab qiladi".
Bu ishni turli shaxslar amalga oshirganda, davlatning parchalanishi bir-birlari o'rtasidagi ixtiloflar oqibatidan bo'lishi mumkin. Aftidan, bu xulosa uning siyosiy jarayonlarning tabiati va ko'lami borasidagi bir qancha kuzatuvlari va tadqiqotlariga asoslangan. Davlat rahbarning o'zi hokimiyatda hech qanday muqarrar siyosiy hodisani qoldirmagunga qadar boshqaruvni o'z zimmasiga oladi. Ibn Xaldunning fikriga ko'ra, bir paytlar o‘zi yashagan rasmiy hayotdan qutulish qiyin va imkonsiz boʻlib qoladi. Ibn Xaldun o'z qarashlarini isbotlash uchun arablar haqida misollar keltiradi.
"Har bir arab rahbar bo'lishga intiladi, kamdan-kam hollarda va odob mulohazalarining bosimi ostida ulardan biri o'z hokimiyatini boshqa biriga, hatto otasi, ukasiga yoki oilasining eng katta a'zosiga ham berib qo'yadi".
6. Siyosiy beqarorlikning iqtisodiy sharoitga kirib borishi.
Siyosat va iqtisod o‘rtasidagi munosabatlar “Muquddima”da yaqqol ko‘rsatilgan. Bu, ayniqsa, davlatning tanazzulga uchrashi va iqtisodiy hayotning yomonlashuvi o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikda to'g'ri namoyon boʻladi. Ibn Xaldun taʼkidlaganidek, davlatchilikning dastlabki davrida daromadlar asabiylikka sherik boʻlgan subyektlar oʻrtasida taqsimlanadi. Hukmdorning ulushi
"unga kerak bo'lgan juda kichik miqdor bilan cheklangandir".
U o'z fuqarolari ustidan nazoratni qo'lga kiritgach, ularga ajratilgan daromadlarni olishiga to'sqinlik qiladi. Buning o'rniga u o'zining boshqaruvi va kuchini qo'llab-quvvatlovchi va himoya qiladigan mijozlari va izdoshlarini qo'llab-quvvatlaydi. Ularning qo'llovi natijasida ko'proq daromadga bo'lgan ehtiyoj dolzarb masalaga aylanadi. Biroq, atrofdagilar pulni maqsadsiz sarflashadi. Binobarin, hukmdor o'zini boylikka ulardan ko'ra ko'proq haqliroq deb hisoblaydi. U pulni oladi va o'zlashtiradi, shaxsiy mulkiga aylantiradi. Bu bosqichda davlat aftoda koʻrinishga kelib qoladi.
“U oʻz atrofidagi buyuk shaxslarni, boy va mansabdor yaqinlarini yoʻqotadi, shon-shuhrat imoratining katta qismi unga sherik boʻlganlar tomonidan bunyod etilib, yuksak choʻqqilarga koʻtarilganidan keyin vayron etiladi".
Ibn Xaldun bu fikrni alohida taʼkidlab oʻtgan. Dabdaba, xarajatlar ko‘pligi va daromadlarning o'z ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli emasligi natijasida davlat moliyaviy qiyinchiliklarga to‘qnash kelishi mumkin. U o'z xalqining tijoriy faoliyati uchun soliq to'lovlarini belgilashi yoki soliq to'lovlari turlarini oshirishi ham mumkin.
"Ba'zida u amaldorlar va soliqchilarga nisbatan turli xil jazo choralari va qiynoqlarni qo'llaydi va ularning boyliklarini oʻzlashtirib oladi. Bu amaldorlar va soliqchilarning katta miqdordagi soliq pullarini o'zlashtirgani kuzatilgan holatda sodir bo'ladi, lekin ularning hisoblari ko'rsatilmaydi".
Ibn Xaldun fikricha, davlatning tanazzulga uchrashi qarilikka o‘xshaydi, uni
“davolab bo‘lmaydi yoki yo‘q bo‘lib ketmaydi, chunki bu tabiiy narsa va tabiiy narsalar o‘zgarmaydi”.
Natijada hokimiyatni kuchli asabiylikka ega bir guruh egallab oladi. Balki rahbarlik
"eng quyi tabaqadan bo'lgan birovga nasib qilar. "U (asabiyya) va olomon bilan yaqin aloqada bo'ladi".
Ibn Xaldun davlat oʻzining markazida kuchliroq ekanligini sezadi.
“U oʻzining eng kengayish bosqichiga yetganida, juda zaif boʻlib qoladi va boshqa kengayishga qodir emas... Sulola qarigan va zaiflashganida, u o‘zining chekka chegaralari bo‘ylab parchalana boshlaydi".
Boshqalardan oldin, viloyatlardagi hokimlar uzoq yoki chekka hududlar ustidan nazoratni qo'lga kiritishga intilishadi.
Odamlar asabiyligini yo'qotib qo'yganlari natijasida ular yumshoq, itoatkor va o'zini himoya qila olmaydigan darajada zaif bo'lib qoladilar,
“Ular ustidan hukmronlik qilmoqchi bo‘lgan har qanday odamning oʻzi qurboni, ishtahasi boʻladi, har bir kishining oʻz o‘ljasi bo‘ladi."
Qisqasi, ular xorlik va qashshoqlikdan aziyat chekadilar.