Farovonlik va Aholi zichligi birgalikda kechadi ("Muqaddima"ga ko'ra)
Shahar qanchalik zich bo'lsa, shunchalik obod bo'ladi. Shahar sharoitlari mehnatni ixtisoslashtirishga zamin yaratadi va agar mehnat talabdan ko'proq ishlab chiqarsa, bu foyda va farovon hayotga, hatto hashamatga ham olib keladi. Bu zamonaviy iqtisodchi uchun ijobiy narsadek tuyulishi mumkin, biroq Ibn Xaldun uchun bunday emas.
O‘troq madaniyat diversifikatsiya, hashamat, axloqsizlik, buzuqlik va o‘limga ham olib kelishi mumkin. Shaharlarda ishchilar, hunarmandlar va kasb egalarining xizmatlariga talab katta bo‘lganligi sababli ular kibrli, magʻrur bo‘lib boradilar. Shaharning gullab-yashnashi o‘z ta’sirini o‘tkazib, asosiy ehtiyojlar qiymatining pasayishiga olib keladi, Ibn Xaldun yuqori daromad hunarmandlarni qattiq ishlashdan qaytaradi, deb hisoblagan. Hashamatga bo'lgan o'troq ishtiyoq shahar iqtisodiyoti tartibini buzadi.
“Roʻzgʻorlarda tartib va me'yorning buzilishi natijasida odamlar orasida nopoklik, nohaqlik, nosamimiylik, nayrangbozlik urugʻ otadi. Ruh (koʻproq foyda orttirish) haqida o'ylashga, uni o'rganishga va bu maqsadda mumkin bo'lgan barcha hiyla-nayranglarni qo'llashga intiladi. Odamlar endi yolg'on, qimor, aldov, firibgarlik, yolg'on guvohlik berish va sudxo'rlikka berilib ketishadi.”
Shunday qilib, axloqsiz odamlar bilan to'lib-toshgan shaharlar Xudoning hukmiga mos keladi.
Qur’oni karimda shunday deyilgan:
“Biror shaharni halok qilishni istasak, undagi maishat ahlini (itoat etishga) buyuramiz va ular itoatsizlik qilishgach, u shahar (aholisi) ustiga (azob haqidagi) so'z muqarrar bo'lur. Bas, biz uni vayronaga aylantirurmiz." (17:16)
Ibn Xaldun Shimoliy Afrika shaharlari haqidagi bilimlariga tayangan holda, shahar qanchalik yirik boʻlsa, u shunchalik boy boʻlishini taʼkidlab oʻtgan (biroq, agar biz Mumbay, Qohira yoki Rio-de-Janeyro kabi zamonaviy shaharlarga nazar tashlasak uning fikri xato boʻlishi mumkinligini ilg'aymiz).
Inflyatsiya shahar hayotining muqarrar oqibatidir. Jamg'arma nafaqat axloqsizlik, balki jamg'armachining oʻzi uchun ham xavflidir, boisi u saqlagan "don" foyda keltirmasligi mumkin. Bundan tashqari, qandaydir bir sirli tarzda, Ibn Xaldunning ta'kidlashicha, bu amaliyot xazinachiga baxtsizlik keltiradi va u "pullarini olib qoʻygan odamlarning ruhiy kuchlari tomonidan ta'qib ostida boʻladi, chunki odamlarning ruhiyati oʻz pullariga tikiladi va ular bundan osonlikcha voz kechmaydilar" (Bu yerdagi iqtisodiy nazariya okkultizm faniga aloqadordir.)
Ibn Xaldun tafakkurida jah (martaba yoki ijtimoiy shuhrat) katta ahamiyat kasb etadi, chunki «asabiyya va jah» koʻplab iqtisodiy oqibatlarni keltirib chiqargan. Bunday obro'-e'tibor egalariga pul topish va uni saqlash osonroq bo'lishi mumkin. Ularning ta'siri va o'sib borayotgan boyligi tufayli bunday odamlar mijozlarni ham, tuhfalarni ham oʻzlariga jalb qilib oladilar. Savdogarlar va hunarmandlar, agar ular talon-taroj qilinmasdan, hiyla-nayranglarsiz yoxud dushmanlik da'volari bilan tahdid qilinmagan holda ishlash imkoniyatiga ega bo'lishni istasalar jah egalari homiyligi va himoyasi ostida boʻlishlari talab etiladi. Shuningdek, fermerlar ustidan hukm yurgizish va ularni soliqqa tortish yengil ishdir.
Ibn Xaldun savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi hukmdorlarga (hozirgi kundagi biznesmen hokimlarga qiyos etish mumkin) va ularning monopoliya o‘rnatishiga nihoyatda qarshi boʻlgan va bundan qattiq nafratlangan. Bu narsa keng doiradagi iqtisodiyotga zarar yetkazadi, bu yerda u o'z hukmdorlariga dehqonchilik yoki savdo qilishni taqiqlagan qadimgi forslarning dono amaliyotini misol qilib keltiradi.
Shuningdek, ular qullarni xizmatkor sifatida ishlatmasliklari kerak.
Uning fikricha, Mag'rib va boshqa mintaqalarning iqtisodiy tanazzuliga asosan aholi sonining qisqarishi sabab bo'lgan. Lekin unga koʻra bunga astrologik omillar ham yo'l qo'ygan boʻlishi mumkin, chunki u Sharqiy Islom o'lkalarining gullab-yashnashining bir qismi qulay munajjimlar jamoalari bilan bog'liq deb hisoblardi.
“Astrologik mulohazalar bilan Kurrai zamin tamadduni va tabiat o'rtasidagi muvofiqlik (mavjudligi) oldini olib boʻlmas, muqarrar bir narsadir.”
Qora o'lim kelishi Mag'ribning gullab-yashnashiga salbiy ta'sir ko'rsatganligi shubhasizdir. Ammo Sijilmasa orqali Oʻrta yer dengiziga yetib boruvchi oltin savdo yoʻlining tanazzulga uchrashi kabi u hisobga olmagan boshqa omillar ham mavjud edi. Shuningdek, Yevropa kemalari Oʻrta Yer dengiz boʻylab dengiz savdo aloqalari ustidan hukmronlik oʻrnatish arafasida edi. Bu ham muhim omillardan biri edi.