Umid Abdumuratov
@umid_abdumuratov
2 posts

Kapalak effekti: Kichik sabablarning ulkan oqibatlari

1905-yil. Shveysariyaning Bern shahrida joylashgan minora soati odatdagidan ikki daqiqa orqada qoldi. Shu kichik kechikish tufayli minoraga yaqin yashovchi bir kishi har kungi odatdagidek vaqtida uyg‘ona olmadi. Xatoni anglaganidan so‘ng, u biroz asabiylashdi va shoshilinch tarzda kiyinish, kofe ichish va uyidan chiqishga tayyorlandi. Natijada, u uyidan besh daqiqa kech chiqdi. Ko‘chani kesib o‘tish arafasida edi.

Andre Morua. Qaytish (hikoya)

Bu voqea fransuz asirlarini Germaniyadan — tutqinlikdan olib qaytayotgan poyezdda boshlangan edi. O‘n kishilik kupeda o‘n ikki kishi tiqilishgan. Ular uylari, oilalarini ko‘rish imkoni tug‘ilganidan g‘oyat hayajonda. Deyarli hammalarining ham fikru xayolini eng avvalo rafiqalari band etgan. Ayrimlarining ko‘nglida umid uchqunlari chaqnar, ba’zilari esa xavotirlanib o‘ylar edi: "Rafiqam avvalgiday vafodor va sodiqmikin? Uzundan-uzoq tanholik yo‘llarida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi ekan? U bilan hayotni davom ettirish mumkin bo‘larmikin?"