May 16, 2025

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

“Literature Broadcasting” to‘garagining navbatdagi Making your own podcast or a video mavzusidagi mashg’uloti 15.05.2025 yil, Payshanba soat 15.00 da Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi katta o’qituvchisi N.Sh.Valiyeva tomonidan , Xorijiy tillar fakulteti binosi, 403-xonada tashkil qilindi.
Buxoro davlat universitetida faoliyat yuritayotgan “Literature Broadcasting” to‘garagi zamonaviy texnologiyalar va adabiyot o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratishga xizmat qilmoqda. Ushbu to‘garak a’zolari nafaqat adabiy asarlarni o‘rganadilar, balki o‘zlarining audio va video mahsulotlarini yaratish orqali adabiy bilimlarini keng ommaga yetkazadilar.
Bu mavzuni tanishtishdan maqsad talabalarning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, zamonaviy raqamli adabiy savodxonlikni oshirish, o‘zbek va jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishni innovatsion usullar bilan kuchaytirishdir
Bugungi kunda raqamli platformalar orqali ijodiy kontentlar yaratish – yoshlarning o‘z fikrini erkin ifoda etishida, shuningdek, adabiy merosni targ‘ib qilishda samarali vositaga aylanmoqda. Shu bois, ushbu dars to‘garak ishtirokchilarini podkast nimaligi, video kontentning kuchi, ssenariy yozish asoslari ,texnik jihatlar, amaliy mashg‘ulotlar bilan tanishtiradi
Bu kabi ma’lumotlarni berish talabalarning o‘z nutqi ustida ishlashi, ,ovoz va video orqali ommaga murojaat qilish tajribasiga ega bo‘lishi, raqamli media bilan ishlash ko‘nikmalarini o‘zlashtirishi uchun muhimdir.