Yesterday

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida Malayziyadan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar — Maslawati Mohamad, Nur Ainil Sulaiman hamda Azlina Abdul Aziz tomonidan bir oy davomida samarali dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Mazkur xorijiy mutaxassislar Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz) yo‘nalishining 1-TNI-24, 2-TNI-24 va 3-TNI-24 guruhlarida “O‘qish va yozish amaliyoti” hamda “Og‘zaki nutq amaliyoti” fanlaridan dars olib bordilar.

📚 Darslardolzarb va qiziqarli mavzular asosida mazmunli, interaktiv tarzda tashkil etildi.

Darslar davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlar va innovatsion interaktiv metodlardan samarali foydalanildi. Talabalar mashg‘ulotlarda faol ishtirok etib, o‘z fikrlarini erkin ifodalash, tanqidiy fikrlash hamda til ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.

✨ Ushbu xalqaro hamkorlik doirasidagi darslar talabalarning bilim saviyasini oshirish, amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xorijiy tilga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.