BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
BuxDU Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida 2026-yil 2-aprel kuni “Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik: ingliz tili” mutaxassisligi magistranti Maftuna Bekmurodova tomonidan 11-1TNI-24 guruh talabalari bilan “Amaliy tarjima” fanidan “Translation of compound nouns in English. Finding the right equivalent for compound nouns in English” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Dars davomida magistrant tarjimaga oid zamonaviy va interfaol metodlardan samarali foydalandi. Jumladan, “Text Analysis”, , “Similar pronunciation”, “Back Translation”, “Editing and Proofreading”, shuningdek “Mix and Match” va “Compound noun dominoes” metodlari qo‘llanilib, talabalar qoʻshma otlar tarjimasi bo‘yicha turli topshiriq va mashqlarni bajarishdi.
Xususan, Compound noun dominoes oʻyini jarayonida talabalar qoʻshma otlar tuzishni, ularning yasalish shakllarini, tarjima qilish strategiyalarini oʻrganishdi. Text tarjima qilish jarayonida qoʻshma otlarni ingliz tilidan Oʻzbek tiliga qanday tarjima qilishni, ularning qanday strukturada yasalganini aytishdi. Bundan tashqari talabalar mavzuga oid yangi terminlar va tarjima xatolarini aniqlashga qaratilgan qiziqarli savollarga javob berishdi.
Bunga qoʻshimcha tarzda, asarlardan keltirilgan namunalarda qoʻshma otlarning uslubiy xususiyatlarini to‘g‘ri yetkazish, tarjimada qoʻshma otlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi. Dars davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘z tarjima malakalarini yanada mustahkamlashdi.
Ochiq dars yakunida amaliyot rahbari, f.f.f.d. F.O. Narzullayeva tomonidan dars tahlil qilinib, tegishli tavsiyalar va ijobiy fikrlar bildirildi.