Yesterday
BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi “Adabiyot va tarjima” yo‘nalishi 1-kurs magistranti Axmadova Sarvinoz tomonidan 2026-yil 3-aprel kuni 11-2 TNA-23 guruhida “O‘qish va yozish amaliyoti” fanidan “Avoiding Repetition in Language” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Ochiq dars mashg‘uloti darsning belgilangan bosqichlari asosida tashkil etildi. Dars davomida talabalarga “Snowball” va “Memory Games” metodlari hamda “Bamboozle” onlayn o‘yin platformasi orqali interfaol mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Bundan tashqari, mashg‘ulot davomida o‘qish ko‘nikmalarini mustahkamlovchi turli mashqlardan samarali foydalanildi.
Dars mashg‘ulotini kafedra o‘qituvchisi M. Raximov tahlil qildi.