October 15

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti
Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasida sayyor dars tashkil etildi
2026-yil 10- oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professori O.G.Xayriddinovna tomonidan 10- INA-25 guruhi talabalari uchun “Emotional Impact of Literature” mavzusida sayyor seminar darsi tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulot kinoteatrda tashkil etilib, seminar doirasida talabalar “Anarxid” filmini tomosha qildilar.
Seminar davomida talabalarga badiiy asarlarning inson hissiyotlari, dunyoqarashi va ruhiy holatiga ta’siri, obrazlar orqali turli emotsiyalarning ifodalanishi hamda adabiyot va kino o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik haqida ma’lumotlar berildi. Film namoyishi davomida talabalar qahramonlarning kechinmalari, konfliktlar, dramatik vaziyatlar va asarda aks etgan asosiy g‘oyalarni kuzatib bordilar.
Mashg‘ulotning muhokama qismida talabalar filmning hissiy ta’siri yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar, qahramonlarning xatti-harakatlarini tahlil qildilar hamda film tomoshabinda qanday his-tuyg‘ular uyg‘otishi mumkinligini muhokama qildilar. Shuningdek, adabiy asarlarning inson ruhiyatiga ta’siri, empatiya va badiiy obrazlarni tushunish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur sayyor seminar darsi talabalarning “Emotional Impact of Literature” mavzusidagi nazariy bilimlarini amaliy kuzatish va tahlil bilan mustahkamlash, badiiy asar va ekran asarlarini hissiy-estetik jihatdan idrok etish, mustaqil fikrlash hamda tahliliy yondashuv ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.