BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
2026-yil 20-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Xusenova Mehriniso tomonidan 2TNI24-guruhida Tarjimashunoslik fanidan “Consecutive translation and its features. Consecutive translation techniques, increasing oral speech speed, applying memory exercises, working with simple field-specific texts" mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.
Darsning asosiy maqsadi talabalarga ketma-ket tarjimaning nazariy va amaliy xususiyatlarini tushuntirish, tarjima jarayonida qo‘llaniladigan samarali usullarni o‘rgatish, og‘zaki nutq tezligi va ravonligini rivojlantirish hamda xotirani mustahkamlashga qaratilgan mashqlar orqali talabalarning tarjimonlik kompetensiyalarini takomillashtirishdan iborat bo‘ldi.
Mashg‘ulot davomida ketma-ket tarjima texnikalari, xotira mashqlari, og‘zaki nutqni rivojlantirish usullari va sohaga oid sodda matnlar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratildi. Talabalar amaliy topshiriqlar, individual va juftlikdagi mashqlar hamda tarjima faoliyatiga yo‘naltirilgan muhokamalarda faol ishtirok etdilar. Mashg‘ulot jarayonida nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning mustaqil fikrlashi, tinglab tushunish va mazmunni boshqa tilda aniq ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida ahamiyat berildi.
Dars zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida tashkil etilib, talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish va kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashga xizmat qildi. Mashg‘ulot yakunida mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi.
Ochiq dars o‘quv mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish, tarjima nazariyasi va amaliyotini o‘zaro bog‘lash hamda bo‘lajak tarjimonlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etdi.