November 21

BuxDU, Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasi

“English, Mind & Growth Club” töğaragida navbatdagi maşğulot bölib ötdi

2026-yil 20-noyabr kuni Ingliz adabiyotşunosligi va tarjimaşunoslik kafedrasi öqituvchisi, PhD Aşurova Dildora Ğafurovna rahbarligidagi “English, Mind & Growth Club” töğaragining “Who Am I and Who Can I Become?” mavzusidagi maşğuloti bölib ötdi. Maşğulot 4-öquv binosining 409-xonasida ötkazildi va unda Xorijiy tillar fakulteti 1-kurs talabalari iştirok etdi.

Maşğulot interaktiv şaklda taşkil etildi. Talabalar “Two Truths and One Dream” va “Find Someone Who…” maşqlari orqali ingliz tilida tanişdilar va özaro muloqot qildilar, “My Strengths” bosqichida esa özlarining kuçli tomonlarini aniqladilar. Şundan söng “fixed mindset” va “growth mindset” tuşunçalari muhokama qilindi. Talabalar guruhlarda işlab, “I can’t do it” kabi salbiy fikrlarni “I can’t do it yet” kabi rivojlanişga undovçi gaplarga aylantirdilar. Har bir iştirokçi özi uçun şaxsiy maqsad ham belgilab oldi.

Talabalar maşğulotda katta qiziqiş bilan faol qatnaşdilar va maşqlar ularga juda manzur böldi. Töğarak maşğulotlari muntazam davom etadi.