BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi "Professional Development Day" munosabati bilan "Using Technology Tools in teaching English" mavzusida mahorat darsi o'tlkazildi.
"Professional Development Day" munosabati bilan "Using Technology tools in teaching English" mavzusida navbatdagi mahorat darsi o'tkazildi
Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi professor -o'qituvchisi Gulbahor Nazarova 2024 yil, 13 noyabr kuni " Using Technology tools in teaching English" mavzusida kafedra professor -o'qituvchilari uchun navbatdagi mahorat darsini tashkil etdilar.
Trening jarayonida Answer Garden, http://onestopenglish.com, ,http://elllo.org, ,literacynet.org kabi havolalardan samarali foydalanish usullari haqida ma'lumot berildi.
Kafedra professor -o'qituvchilari treningda faol ishtirok etib, turli ilovalar asosida turli topshiriqlarni bajarib, o'z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Trening so'ngida o'qituvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.