February 23

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti xorijiy tillar fakultetida navbatdagi“MA’RIFAT DARSI”

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-oktyabrdagi 01/15-4167-son xati hamda Buxoro davlat universiteti rektorining 2025-yil 13-oktyabrdagi 599-U-sonli “Ma’rifat darslarini samarali tashkil etish to‘g‘risidagi buyrug‘i” ijrosini ta’minlash maqsadida Xorijiy tillar fakultetida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini oshirish, shuningdek kundalik axborotlar bilan muntazam ravishda xabardor etib borish maqsadida “Ma’rifat darslari” muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi katta o‘qituvchisi Nargiza Savriyevna Zokirova rahbarligida 11-1, 11-2, 11-3, 11-4 TNI-25, 11-1NEM-25 va 11-1TNK-25 guruh talabalari uchun “Kelajak soati” rukni ostida navbatdagi “Ma’rifat darsi” tashkil etildi. 2026-yil 23-fevral sanasida o‘tkazilgan dars mashg‘uloti “Bir yaxshilik haqidai” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida talabalarga yaxshilik tushunchasining mazmun-mohiyati, uning shaxs va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida chuqur tasavvur hosil qilindi, yaxshilikning ko‘rinishlari, kichik amallar orqali katta ijobiy o‘zgarishlarga erishish mumkinligi, befarqlik va loqaydlikning salbiy oqibatlari muhokama qilindi. Real hayotiy voqealar, keys-topshiriqlar va rolli o‘yinlar orqali talabalar empatiya, ijtimoiy mas’uliyat, insonparvarlik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat ko‘nikmalarini rivojlantirdilar. Mashg‘ulot interaktiv usullarda tashkil etilib, mustaqil fikrlash va ijobiy hayotiy pozitsiyani shakllantirishga xizmat qildi.Talabalarning faol ishtiroki, mustaqil fikrlashi, ijodiy yondashuvi va mantiqiy tahlil qilish koʻnikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interaktiv metodlar qoʻllaniladi. Mashgʻulot jarayonida “aqliy hujum”, guruh muhokamalari, real vaziyatlarni tahlil qilishga asoslangan keys-topshiriqlar, rolli oʻyinlar va savol-javob usullaridan foydalanildi.Talabalarda yaxshilik qilishning ijtimoiy, axloqiy va tarbiyaviy ahamiyati haqida aniq tasavvur hosil qilindi hamda kundalik hayotda ongli ravishda ezgulik qilishga undaldi.