September 21

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro davlat universiteti Xorijiy tillar fakulteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi 4-bosqich 11-1 TNA 23-guruh talabalari tomonidan malakaviy amaliyot jarayoni belgilangan reja asosida davom etmoqda.Talabalar Buxoro shahar 40- umumta'lim maktabida, Jondor,Vobkent, Qorako'l tumanlari umumta'lim maktablarida, shuningdek "Registon" o'quv markazida hamda Buxoro tibbiyot institutida faol pedagogik faoliyat olib bormoqdalar.
Amaliyot rahbari Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o’qituvchisi L.X. Xaydarova boshchiligida talabalar dars mashg‘ulotlarini kuzatish, ta'lim muassasalarining tajribali o‘qituvchilari tavsiyalari asosida me'yoriy hujjatlarini yuritish tartibini o'rganib, tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish orqali kasbiy mahoratlarini oshirmoqdalar. Talabalar maktab jamoasi bilan hamkorlikda ishlash, o‘quvchilar bilan samarali muloqot olib borish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratmoqdalar.
Malakaviy amaliyot jarayoni career.edu.uz platformasi orqali muntazam nazorat qilinmoqda. Talabalarning kundalik davomatlari qayd etilib, berilgan topshiriqlar va hisobotlar o‘z vaqtida tekshirilib, onlayn shaklda qabul qilinmoqda. Bu esa amaliyot jarayonining shaffof va tizimli tashkil etilishiga xizmat qilmoqda.
Mazkur malakaviy amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirish, pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mustaqil dars o‘tish ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim bosqich bo‘lib xizmat qilmoqda.