BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Joriy yilning 3-aprel sanasida Xorijiy tillar fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi M.X.Niyazova va fakultet talaba qizlar ishtirokida “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’uldirmiz” mavzusida davra suhbati o`tkazildi. Oila mustahkamligi nafaqat shaxsiy baxt, balki jamiyat taraqqiyotining ham muhim omili ekani alohida ta’kidlandi. So‘zga chiqqanlar oila qurish jarayonida sabr-toqat, o‘zaro hurmat, ishonch va mas’uliyat muhim o‘rin tutishini ta’kidlashdi. Ayniqsa, talaba qizlar uchun ma’naviy yetuklik, bilimli va ongli bo‘lish kelajakdagi mustahkam oilaning poydevori ekanligi haqida fikrlar bildirildi. Suhbat davomida oila muammolari, ularni hal etish yo‘llari, ajrimlarning oldini olish, farzand tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati haqida atroflicha muhokama qilindi. Talaba qizlar o‘z fikrlarini erkin bildirib, hayotiy misollar orqali mavzuni yanada boyitdilar.