BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi
Buxoro davlat universiteti Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Niyazova Moxichexra Xayatovna tomonidan 2026-yil 27-aprel kuni TO'MA fanidan "Transcendentalism in American literature" mavzusida ochiq maruza o‘tkazildi.
Mazkur ochiq dars Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili) yo‘nalishi 11-1,2,3 TNI24 guruhi talabalari bilan tashkil etildi. Dars boshida talabalarga tabiat va sanoat tovushlari eshittirildi. Ular qaysi biri ruhiy jihatdan yaqinroq ekanini tanlab, o‘z fikrlarini izohlashdi. Ushbu faoliyat transsendentalizmning tabiatga yaqinlik g‘oyasiga kirish vazifasini bajardi. Ochiq ma’ruza davomida Amerika adabiyotidagi transsendentalizm oqimining vujudga kelishi, uning falsafiy asoslari hamda asosiy g‘oyalari keng yoritildi. Xususan, inson va tabiat o‘rtasidagi uyg‘unlik, individualizm, ruhiy erkinlik hamda intuitiv bilish kabi tushunchalarga alohida e’tibor qaratildi.
Ma’ruza jarayonida transsendentalizm namoyandalari bo‘lgan Ralph Waldo Emerson, Henry David Thoreau hamda Margaret Fullerning hayoti va ijodi tahlil qilinib, ularning Amerika adabiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berildi. Kafedra professor-oqituvchilardan O.X.Ganiyeva, D.R.Radjabova, M.M.Raximov hamda B.B.Fayziyevlar tomonidan dars jarayoni kuzatildi.