June 17

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Xorijiy tillar fakulteti 61010500 – Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishi 11-3-GHTF-23 guruhi talabalari Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi (PhD) A.R. Ziyodullayev rahbarligida malakaviy amaliyotni samarali davom ettirmoqdalar.
Amaliyotning navbatdagi bosqichida talabalar 2026-yil 12-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan Moxi Xossa muzeyiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida ular muzeyning tarixiy-me’moriy ahamiyati, noyob eksponatlari, Buxoro amirligi davriga oid madaniy merosi hamda hududning turizm sohasidagi o‘rni haqida amaliy ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Talabalar amaliyot jarayonida sayyohlarga Moxi Xossa muzeyi haqida ma’lumot berish, muzey tarixi va eksponatlarini ravon tarzda tushuntirish, xorijiy mehmonlar bilan samarali muloqot o‘rnatish hamda tarjimonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish ustida ishladilar. Shuningdek, muzeyning tarixiy va madaniy qiymati, Buxoro turizm salohiyatidagi o‘rni hamda madaniy meros obyektlarini asrash masalalari yuzasidan fikr almashib, nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyg‘unlashtirdilar.
Amaliy mashg‘ulot davomida talabalar gid-hamrohligi faoliyatining muhim jihatlari, xususan, sayyohlar bilan ishlash madaniyati, tarixiy obidalar haqida ishonchli va qiziqarli ma’lumot taqdim etish hamda ekskursiya olib borish ko‘nikmalarini yanada mustahkamladilar.
Mazkur amaliy tashrif talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, tarixiy-madaniy meros obyektlari haqidagi bilimlarini boyitish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribani oshirishga xizmat qildi