June 15

BuxDU, Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi

Buxoro Shahridagi Ark qalasiga tashrif
Xorijiy tillar fakulteti 11-5TNA23 guruhi talabalari Ingliz adabiyotshunosligi va tarjimashunoslik kafedrasi o‘qituvchisi N.N Kaxorova rahbarligida malakaviy amaliyotni samarali davom ettirmoqdalar.
Mazkur amaliy tashrif talabalarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, turizm va ekologik obyektlar haqidagi bilimlarini boyitish hamda kelgusidagi faoliyatlari uchun zarur bo‘lgan amaliy tajribani oshirishga xizmat qildi.
Amaliyot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
Ark qal’asining tarixi, me’moriy tuzilishi va muzey fondlari bilan tanishildi.
Eksponatlarni saqlash va ro‘yxatga olish jarayonlari kuzatildi.
Sayyohlarga xizmat ko‘rsatish va ekskursiyalarni tashkil etish tartibi o‘rganildi.
Tarixiy hujjatlar va ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmalari shakllantirildi.
Muzey xodimlarining kundalik faoliyati hamda madaniy merosni asrash bo‘yicha olib borayotgan ishlari o‘rganildi.
Ark hududidagi tarixiy inshootlar va ularning vazifalari haqida ma’lumotlar yig‘ildi.